63
Ko‘p hujayrali organizmlarning tanasi muayyan sondagi va aniq vazifani
bajarishga ixtisoslashgan to‘qima, organlar va organlar sistemasidan iborat.
Ular tanasidagi hujayralar bajaradigan vazifalariga ko‘ra: somatik va
jinsiy hujayralarga bo‘linadi. Somatik hujayralar organizmning o‘sishi va
rivojlanishini ta’minlasa, jinsiy hujayralar ko‘payish vazifasini bajaradi.
Bir hujayrali organizmlardan farqli ravishda ko‘p hujayralilarda har bir
hayotiy jarayonni amalga oshirishga ixtisoslashgan hujayra, to‘qima, organlar
va organlar sistemasi mavjud. Ko‘p hujayrali organizmlar hayot faoliyati
ixtisoslashgan organlarning tinimsiz o‘zaro aloqadorlikda ishlashiga bog‘liq.
Hujayra, to‘qima va organlarning ixtisoslashuvi tuzilish va funksional
birlikka asoslangan, har bir to‘qima va organlarning tuzilishida ularning
bajaradigan funksiyasiga mosligini ko‘rish mumkin.
Hayotning organizm darajasini o‘rganishda organizm biologik sistema,
irsiyat va o‘zgaruvchanlik, modda va energiya almashinuvi, ko‘payish va
rivojlanish kabi umumbiologik qonuniyatlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: