164
rivojlanishini va umurtqalilarning turli sinfl ariga
mansub hayvonlar embrioni
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashliklarini aniqladi.
XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari
T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi
XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hu-
jay ra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar,
hayvonlar,
odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha orga-
nizm lar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib
xizmat qildi.
Tayanch so‘zlar:
fl ora, morfologiya, anatomiya, sistematika, paleontologiya,
hujayra nazariyasi.
Savol va topshiriqlar:
1. K. Linney ta’limotini gapirib bering.
2. J. Kyuve ta’limotini tushuntirib bering.
3. J. B. Lamark ta’limoti haqida nimalar bilasiz?
4. Umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar
embrion rivojlanishining
dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashligini qanday izohlaysiz?
5. J. Kyuvening paleontologiya sohasidagi ishlari haqida nimalar bilasiz?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Karl Linney, Jorj Kyuve, Jan Batist Lamark
ilgari surgan g‘oyalarni ajrating.
Karl Linney
Jorj Kyuve
Jan Batist Lamark
39-§. CH. DARVINNING EVOLUTSION G‘OYALARI
XIX
asrga kelib Angliya sanoati, qishloq xo‘jaligi rivojlangan yirik
kapitalistik mamlakat sanalardi. Sanoatning gurkirab rivojlanishi chorvachilik
va qishloq xo‘jaligidan olinadigan xomashyoning tobora ko‘payishini talab
qila boshladi. Xomashyoga bo‘lgan talabni
qondirish maqsadida ingliz
seleksionerlari ko‘p mahsulot beradigan qo‘y, qoramol, parranda zotlarini, ko‘p
hosil beradigan sabzavot va donli ekinlar navlarini chiqara boshladi. Seleksiya
natijalari o‘sha davrda hukmron bo‘lgan hayvon, o‘simlik organizmlari
o‘zgarmas, degan tushunchalarga xotima berdi. Ch. Darvin o‘simlik va
hayvonlarning yangi formalarini chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga yuqori
baho berdi, qishloq xo‘jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda
undan evolutsion ta’limot yaratishda foydalandi.
165
Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin professor Genslo uni
butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan «Bigl»
kemasidagi ekspeditsiya
tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi (88-rasm).
Darvinni, ayniqsa, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘idan 500 km
uzoqlikdagi Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami hayratga
soldi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko‘p uchraydi. Sudraluvchilardan
toshbaqalar, chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroklarning har bir
orolda o‘ziga xos tuzilishga ega turlarini uchratish mumkin. Vyuroklar boshqa
xossalaridan tashqari, tumshug‘ining tuzilishi
bilan ham bir-biridan farq
qiladi. Qizig‘i shundaki, har xil orolda tumshug‘i turlicha tuzilgan vyuroklar
tarqalgan.
Umuman olganda, Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar
olami Janubiy Amerika hayvon va o‘simliklariga o‘xshash, lekin ayrim belgi,
xossalari bo‘yicha farq qiladi.
Qirilib ketgan qadimgi oz tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov,
chumolixo‘r, zirhlilarga o‘xshashligi Darvinni hayratlantirdi.
Bu dalillar
qirilib ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o‘rtasida o‘zaro
qarindoshlik bor, deb taxmin qilishga sabab bo‘ldi.
Hayvonlar geografi k tarqalishining ba’zi o‘ziga xos tomonlari ham safar
davomida Darvinni ajablantirdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini
o‘zaro taqqoslab, ular o‘rtasida katta farq borligini qayd qildi.
Chunonchi,
Janubiy Amerikada keng burunli maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r,
Dostları ilə paylaş: