muayyan va nomuayyan bo‘lishi ham mumkin. Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida
bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusi avlodi bir yo‘na-
lishda o‘zgaradi.
Muayyan o‘zgaruvchanlik guruhli o‘zgaruvchanlik ham
deb ataladi. Masalan, oziqning o‘zgarishi hayvonlarning mahsuldorligiga
va o‘simliklarning hosildorligiga ta’sir etadi. Kunlar sovishi bilan shimolda
yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi. Muayyan
o‘zgaruvchanlik evolutsiya jarayonida organizmlarning reaksiya normasi
doirasida muhitga moslanishini ta’minlaydi.
Nomuayyan yoki shaxsiy (individual) o‘zgaruvchanlikda esa tashqi muhit
omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda
o‘zgaradi va bunday o‘zgarish ayrim individlarda sodir bo‘lib, boshqalarida
kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgaruvchanlikka nisbatan
nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u nasldan
naslga o‘tadi va shuning uchun xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy
o‘simlik navlarining tabiiy sharoitda esa turlar vujudga kelishida nihoyatda
muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi vaqtda organizmlardagi irsiy o‘zgaruvchanlik ularning tabiatiga
qarab bir necha xillarga bo‘linadi. Siz irsiy o‘zgaruvchanlik va uning turlari
bilan avvalgi boblarda tanishgansiz.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik . Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari
genotiplaridagi genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri
natijasida vujudga keladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyozda gomologik
xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi, urug‘lanish paytida gametalarning
tasodifi y kombinatsiyalari, xro mosomalar chalkashuvi va genlarning rekom-
binatsiyasi asosida kelib chiqadi.