219
bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi,
deb uni
tanqid qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq
qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo‘ydi (119-rasm).
119-rasm.
Redi tajribasi.
Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq
idishlardagi go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi. Shunday qilib,
mohirlik bilan o‘tkazilgan oddiy tajriba yordamida
pashshaning lichinkalari
chirigan go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi, pashshaning tuxumlaridan
chiqib ko‘payishi isbotlab berildi. F. Redi hayotning
hozirgi zamonda faqat
mavjud hayot shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini
tajribada tasdiqladi.
XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining mohirona o‘tkazgan
tajribalari yordamida mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo
bo‘lmasligini isbotladi.
Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko‘payadigan
oziqa suyuqligini
uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin
unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi
natijasida mikroorganizmlar
ko‘payishi kuzatildi. Keyingi tajribasida L. Paster suyuqlikka mikro organizmlar
va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og‘ziga S simon shakldagi
shisha naychani biriktirib qo‘ydi (120-rasm).
Dostları ilə paylaş: