217
rivojlangan ko‘payish organi bo‘ladi. Shuningdek, ko‘pgina o‘simliklarda,
masalan, parazit holda yashovchi zarpechakda asosiy organlaridan biri barg
bo‘lmaydi, ildiz o‘rniga poyada so‘rg‘ichlar hosil bo‘lib,
uning yordamida
«xo‘jayin» o‘simlikdan oziq moddalarni so‘rib oladi. Zarpechak ko‘plab meva,
urug‘ beradi.
Uning urug‘i o‘txo‘r hayvonlarning oziqlanish organlarida hazm bo‘lmaydi.
Shunday qilib, umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa
ham, biroq bu turdagi organizmlar sonining ko‘p bo‘lishiga, arealning
kengayishiga, yangi sistematik
guruhlarning taraqqiy etishiga, ya’ni biologik
yuksalishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda hasharotlar,
suyakli baliqlar, kemiruvchilarning ko‘pgina
guruhlari, gulli o‘simliklar biologik yuksalish guruhlari progress holatidadir.
Organik olamning rivojlanishida biologik yuksalish – progressga qarama-
qarshi o‘laroq, biologik regress ham uchraydi. Biologik regressda muhit
sharoitiga organizmlar yetarlicha moslasha olmaganliklari sababli ularning:
a) avloddan avlodga o‘tgan sari individlar soni kamayadi; b)
tarqalgan areali
torayadi; d) populatsiyalar, turlar soni qisqaradi.
O‘simliklardan ginkgolar oilasi, sutemizuvchilardan hasharotxo‘rlar
turkumiga kiruvchi faqat ikki turdan iborat vixuxol avlodi biologik regress
holatidadir.
Dostları ilə paylaş: