227
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Paleozоy erаsidаgi hаyot.
Dаvrlаr
Iqlim shаrоiti
O‘simliklаr
Hаyvоnlаr
55-§. MEZOZOY, KAYNAZOY ERALARIDAGI HAYOT
Mezozoy erasi
175 mln yil davom etgan.
Trias
davrida iqlim quruq kelgan.
O‘rmonlar ignabargli o‘simliklar, sagovniklar, sporali o‘simliklardan iborat
bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi oshgan.
Ularning
keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqtda
yashab turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari
ham shu davrda paydo
bo‘lgan. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish natijasida ba’zi bir yirtqich
sudralib yuruvchilar tarixiy jarayonda o‘zgarish
tufayli tanasi kalamushdek
dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, ular
hozirgi o‘rdakburun va yexidnalar singari tuxum qo‘yib, ko‘paygan.
Yura
davrida o‘rmonlarda ochiq urug‘lilar hukmronlik qilgan. Ularning
ba’zilari, ya’ni sekvoyalar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Dastlabki gulli o‘sim-
liklarning tuzilishi ibtidoiy bo‘lgan. Sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarning
gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib
yuruvchi hayvonlar tanasi
nihoyatda yiriklashgan. Ba’zilarining tanasi 20–25 m ga yetgan. Sudralib
yuruvchi hayvonlar faqat quruqlikda emas,
balki suv, havo muhitiga ham
tarqalgan. Arxeopterikslar shu davrda paydo bo‘lgan.
Bo‘r
davrida iqlim keskin o‘zgargan. Osmonni qoplagan bulutlar juda
kamayib, atmosfera quruq va shaff of bo‘lgan. Quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri
o‘simlik barglariga tusha boshlagan. Iqlimning bunday o‘zgarishi ko‘pgina
qirqquloqlar va ochiq urug‘lilar uchun noqulay bo‘lgan va ular kamaygan.
Yopiq urug‘li o‘simliklar esa,
aksincha, ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining
o‘rtalariga kelib yopiq urug‘li o‘simliklarning bir urug‘ pallali, ikki urug‘
pallali sinfl arining ko‘p oilalari rivojlangan. Ularning xilma-xilligi,
tashqi
qiyofasi ko‘p jihatdan hozirgi zamon fl orasiga yaqinlashgan.
Bo‘rning ikkinchi yarmida sutemizuvchilarning xaltali va yo‘ldoshli kenja
sinf vakillari paydo bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: