230
Odamlarda ba’zan
atavizm hodisasi
ham uchraydi (122-rasm).
Odamsimon maymunlar bilan odam
skeleti va
ichki organlar tuzilishida
o‘xshashliklar nihoyatda ko‘p. Qoziq, jag‘
tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon
maymunlarda va odamda dum bo‘lmaydi.
Odam uchun xos to‘rtta qon guruhi gorilla,
shimpanze, orangutanlarda ham uchraydi.
Xromosomalarni maxsus usul bilan bo‘yash
orqali odam va shimpanze xromosomalarining nihoyatda nozik ko‘n da lang
chiziqlari ham o‘xshashligi ma’ lum bo‘ldi. Odamsimon maymunlarda 48 ta
xromosoma bor. Maymunlarning ikki juft xromosomasi odamda qo‘shilib
ketganligi tufayli uning kariotipi 46 ta xromosomadan iborat.
Ko‘pgina parazitlar (bosh biti) va ka salliklar (gripp, chechak, vabo, qorin
tifi va boshqalar)ning bo‘lishi umumiydir.
Odam simon maymunlarda ham
mimika muskullari yaxshi rivojlangan.
Odam skeletining tuzilishida tik yurishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bir
qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Uning umurtqa pog‘onasida tabiiy egilmalar,
tovonida gumbaz paydo bo‘lgan, oyoq panjasining bosh barmog‘i
boshqa
barmoqlarga yaqinlashib, tayanch vazifasini bajaradi, chanoq suyaklari ancha
kengaygan.
Tayanch so‘zlar:
shimpanze, gorilla, orangutan, rudiment, atavizmlar.
Savol va topshiriqlar:
1. Odamning biologik individ sifatida sistematikada tutgan o‘rnini ko‘rsating.
2. Odam evolutsiyasini
isbotlashdagi embriologiya, solishtirma anatomiya fan
dalillarining mohiyatini yoritib bering.
3. Odamdagi rudiment organlarga nimalar kiradi. Ularning bo‘lishi
nimani
isbotlaydi?
4. Odamdagi atavizm hodisasiga misollar keltiring. Atavizm hodisasi nimadan
dalolat beradi?
5. Odam embrional rivojlanishining qaysi bosqichida hayvonlarga o‘xshash
bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: