231
57-§ ODAM EVOLUTSIYASINING ASOSIY BOSQICHLARI
Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning
evolutsiyasida to‘rt bosqich – odamning boshlang‘ich ajdodlari,
eng qadimgi
odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar bo‘lganligini
ko‘rsatadi.
Odamning boshlang‘ich ajdodlari.
Bundan taxminan 25 mln yil
mu qaddam driopiteklar
yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o‘z-
garuvchanlik tufayli ikki tarmoqqa – hozirgi odamsimon maymunlar va
odam larning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi
tarmoq vakillarining
kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze kelib chiqqan.
Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning ba’zilari ikki oyoqlab
yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» –
avstralopiteklar paydo
bo‘lgan. Ularda ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon
suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan. Ular o‘rmon-dasht,
ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120–140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36–55 kg,
kalla suyagining hajmi 500–600 sm
3
bo‘lgan.
Avstralopiteklar chanoq
suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi.
Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofi dan
5,5 mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning
bir turi rivojlanib, dastlabki odam (
homo habilis
)ni hosil qilgan. Bosh
miyasining hajmi 650–680 sm
3
bo‘lgan. Bo‘yi 135–150 sm. Ular tayyor tosh,
yog‘och qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarning yer
ostidagi
piyozlari, tuganaklari, ildizlarini kovlaganlar. Homo habilis olovdan
foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan. Shu
sababli ular «uquvli odam» deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: