228
Uchlamchi davr
o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘tadil, oxirida esa kes kin
sovigan. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘tsimon
o‘simliklarning keng tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar avj olib rivojlangan.
Quruqlikda, havoda qushlar, sutemizuvchilar, suvda esa baliqlar, ikkinchi
marta suv muhitida yashashga moslashgan sutemizuvchilar ko‘paygan.
Yo‘ldoshli sutemizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar turkumi
bo‘lib, ularning tuzilishi nisbatan sodda bo‘lgan, ulardan dastlabki yirtqichlar
va primatlar kelib chiqqan. Davrning oxiriga
kelib odamsimon maymunlar
rivojlandi. O‘rmonlarning qisqarishi bilan ba’zi odamsimon maymunlar
ochiq yerlarda yashashga majbur bo‘ldi. Natijada janubiy «maymunlar» –
avstralopiteklar kelib chiqqan.
Kaynozoy
erasining
to‘rtlamchi davrida
Yerning
katta qismi muz bilan
qoplangan. Issiqsevar o‘simlik qoplami janubda saqlanib qolgan, ko‘p o‘simlik
turlari yo‘qolgan. To‘rtlamchi davrda odam ajdodlari evolutsiyasi tezlashadi.
Odamlarning son jihatdan orta borishi va keng tarqalishi o‘simliklar va
hayvonot olamiga ta’sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar faoliyati tufayli
o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni asta-sekin kamaya boradi. Yevropa va Osiyoda
mamontlar,
qalin yungli karkidonlar, Amerikada mastodontlar,
ot ajdodlari,
bahaybat yalqov, dengiz sigiri degan hayvonlar dastlabki ovchilar tomonidan
qirib yuborildi. Yirik o‘txo‘r hayvonlarning qirilishi
ular bilan oziqlanuvchi
g‘or arsloni, ayig‘i va boshqa yirtqich hayvonlarning qirilishiga sabab bo‘ldi.
Tayanch so‘zlar:
mezozoy, trias, yura, bo‘r, kaynazoy, oraliq forma.
Dostları ilə paylaş: