Proterozoy erasi 2000 mln yil davom etgan. Tog‘ hosil bo‘lish ja-
rayonlari jadal kechgan. Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu
erada bak teri yalar, suvo‘tlari avj olib rivojlangan. Qirg‘oqqa yaqin joyda
ha yot kechi ruv chi suvo‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga –
biron sirt yuzasiga joylashib, boshqa qismi esa fotosintezni amalga oshirish -
ga moslashgan. Havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob
organizmlar paydo bo‘lgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali
organizmlar rivojlanadi. Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik
halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘ladi.
Proterozoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipidagi yirik o‘zgarishlarga
ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib
keltirish mumkin. Bu ular tanasi oldingi va keyingi, yelka va qorin qismlariga
bo‘linishini ta’minlaydi. Oldingi qismida sezgi organlari, nerv tugunlari
bo‘ladi. Hayvonlarning yelka tomoni esa himoya qilish funksiyasini bajaradi,
qorin tomoni harakatlanish va oziq tutishni ta’minlaydi. Proterozoy erasining
oxiriga kelib dastlabki xordali hayvonlar – bosh skeletsizlar kenja tipi paydo
bo‘lgan.
Tayanch so‘zlar: era, davr, arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynazoy.
Savol va topshiriqlar: 1. Yerning yoshini aniqlashda qanday mezonga asoslanadi?
2. Arxey erasida nima sababdan tirik organizmlarning hech qanday qoldiqlari
saqlanib qolmagan?
3. Arxey erasidagi aromorfozlarni tushuntiring.
4. Proterozoy erasida o‘simliklar evolutsiyasi qanday kechgan?
5. Proterozoy erasidagi hayvonot dunyosi aromorfozlarini aytib bering.
225
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Arxey erаsidаgi hаyot
Iqlim shаrоiti
O‘simliklаr
Hаyvоnlаr
Proterozoy erаsidаgi hаyot
Iqlim shаrоiti
O‘simliklаr
Hаyvоnlаr