214
50-§. ORGANIK OLAM EVOLUTSIYASINING ASOSIY
YO‘NALISHLARI
Organik olam evolutsiyasi to‘g‘risida mulohaza yuritganda nima sababdan
barcha tirik mavjudotlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan,
ular orasida sodda va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan
mavjudotlar mavjud,
degan savol tug‘ilishi mumkin. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan
A. N. Seversov va I. I. Shmalgauzen ijobiy hal qildilar. Ma’lumki, Darvin
o‘z davrida evolutsion jarayon organizmlarning
tinmay muhit sharoitiga
mumkin qadar ko‘proq moslanishidan iborat ekanligini aytib o‘tgan edi. Atrof-
muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o‘zgarishi odatda
organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarini keltirib chiqargan. Umumiy
moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo‘lgan organlar sistemasining
takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitining o‘zgarishi bilan:
1) bir turga mansub
individlar soni orta borsa; 2) ular ishg‘ol qilgan areal
ken gaya borsa; 3) tur zaminida yangi populatsiyalar,
kenja turlar, turlar va
boshqa taksonlar hosil bo‘lsa, bu jarayon
Dostları ilə paylaş: