209
ayniqsa, oila, avlod vakillarini o‘zaro taqqoslaganda namoyon bo‘ladi. Chunonchi,
Habashiston biogeografi k viloyatidagi primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to‘ti-
qushlar, tovuqsimonlar turkumining vakillari Paleoarktik viloyatda uchramaydi.
Yoki primatlar turkumiga kiruvchi gibbonlar oilasining vakillari Hindomalay bio-
geografi k viloyatida tarqalgan bo‘lib, Afrikada uchramaydi. Aksincha, martishkalar
oilasi Afrikada tarqalgan bo‘lsa-da, Hindomalay biogeografi k viloyatda bo‘lmaydi.
Xuddi
shuningdek, Neotropik biogeografi k viloyatdagi oz tishlilar turkumiga
mansub chumolixo‘r, yalqov, zirhlilar oilasi Neoarktik biogeografi k
viloyatida
tarqalmagan. Paleoarktik va Neoarktik biogeografi k viloyatlardagi o‘simliklar va
hayvonlar turkumi, tartib, oilalar bilan o‘xshasalar ham, ular o‘rtasidagi tafovut faqat
avlod va turlarda ekanligi ma’lum bo‘ladi. Yevropa zubri Shimoliy Amerikadagi
bizonga, Sibir bug‘usi – maral, Amerika bug‘usi – vapitiga,
Yevropa yovvoyi
qo‘yi – mufl on Amerika tog‘ qo‘yiga ko‘p jihatdan o‘xshashdir. O‘simliklari
ham Paleoarktik biogeografi k viloyat o‘simliklarini eslatadi. O‘rmonlarda pixta,
qoraqarag‘ay, boshqa ignabargli o‘simliklar, yopiq urug‘lilardan eman, buk, zarang
va boshqa oilalarga mansub o‘t o‘simliklar tarqalgan.
Turli biogeografi k viloyatlardagi hayvonlar va o‘simliklar orasidagi o‘xshashlik
va tafovut sabablarini bir tomondan qit’alarning paydo bo‘lish tarixi,
ikkinchi
tomondan organik olam evolutsiyasi bilan tushuntirish mumkin.
Tabiatshunos olimlarning e’tirof etishicha, bizning ko‘hna
sayyoramiz
hamma era, davrlarda shunday ko‘rinishda bo‘lmagan. Daniyalik olim A.Vegener
«Materiklar dreyfi » nazariyasida qayd etishicha, taxminan bir necha million yillar
ilgari Yer yuzida hech qanday qit’alar bo‘lmay, sayyoramiz yagona quruqlik –
Pangeya va yagona okeandan iborat bo‘lgan. Bundan 200 mln yil ilgari mezozoy
erasining trias davrida yagona quruqlik – Pangeya ikki bo‘lakka, Lavraziya va
Gondvanaga ajralgan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonot va o‘simliklar
olami ham ikki tomonga bo‘lingan (113-rasm).
Dostları ilə paylaş: