Biolog 10 indd


Neoarktik biogeografi k viloyatiga



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Neoarktik biogeografi k viloyatiga 
Shimoliy Amerika, Grenlandiya, 
Bermud va Aleut orollari kiradi. Neoarktik biogeografi k viloyatining o‘ziga xos 
hayvonlariga sixshox kiyik, tog‘ echkisi, ilvirs, muskusli qo‘y, badbo‘y kaltadum, 
yenot, daraxt jayralarini kiritsa bo‘ladi. Mazkur viloyatning hayvonot olami ko‘p 
jihatdan paleoarktikanikiga o‘xshash. Har ikki viloyatda ham qunduz, bug‘u, los, 
tulki, suvsar, oq ayiq, oq sichqon, oq tovushqon, yumronqoziq, silovsinlarni ko‘rish 
mumkin.
Biogeografi k viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olamining 
o‘xshashligi va farqi. 
Turli viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olami o‘zaro 
taqqoslanganda tiplar, sinfl ar o‘rtasida tafovutni deyarli ko‘rmaymiz. Chunki 
har bir biogeografi k viloyatda xordali hayvonlar tipi, ochiq va yopiq urug‘li 
o‘simliklar tipi, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda 
yashovchilar, bir pallali, ikki pallali o‘simliklar sinfl arini uchratish mumkin. 
Biogeografi k viloyatlardagi hayvon va o‘simliklar orasidagi tafovut turkum


209
ayniqsa, oila, avlod vakillarini o‘zaro taqqoslaganda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, 
Habashiston biogeografi k viloyatidagi primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to‘ti-
qushlar, tovuqsimonlar turkumining vakillari Paleoarktik viloyatda uchramaydi. 
Yoki primatlar turkumiga kiruvchi gibbonlar oilasining vakillari Hindomalay bio-
geografi k viloyatida tarqalgan bo‘lib, Afrikada uchramaydi. Aksincha, martishkalar 
oilasi Afrikada tarqalgan bo‘lsa-da, Hindomalay biogeografi k viloyatda bo‘lmaydi. 
Xuddi shuningdek, Neotropik biogeografi k viloyatdagi oz tishlilar turkumiga 
mansub chumolixo‘r, yalqov, zirhlilar oilasi Neoarktik biogeografi k viloyatida 
tarqalmagan. Paleoarktik va Neoarktik biogeografi k viloyatlardagi o‘simliklar va 
hayvonlar turkumi, tartib, oilalar bilan o‘xshasalar ham, ular o‘rtasidagi tafovut faqat 
avlod va turlarda ekanligi ma’lum bo‘ladi. Yevropa zubri Shimoliy Amerikadagi 
bizonga, Sibir bug‘usi – maral, Amerika bug‘usi – vapitiga, Yevropa yovvoyi 
qo‘yi – mufl on Amerika tog‘ qo‘yiga ko‘p jihatdan o‘xshashdir. O‘simliklari 
ham Paleoarktik biogeografi k viloyat o‘simliklarini eslatadi. O‘rmonlarda pixta, 
qoraqarag‘ay, boshqa ignabargli o‘simliklar, yopiq urug‘lilardan eman, buk, zarang 
va boshqa oilalarga mansub o‘t o‘simliklar tarqalgan.
Turli biogeografi k viloyatlardagi hayvonlar va o‘simliklar orasidagi o‘xshashlik 
va tafovut sabablarini bir tomondan qit’alarning paydo bo‘lish tarixi, ikkinchi 
tomondan organik olam evolutsiyasi bilan tushuntirish mumkin.
Tabiatshunos olimlarning e’tirof etishicha, bizning ko‘hna sayyoramiz 
hamma era, davrlarda shunday ko‘rinishda bo‘lmagan. Daniyalik olim A.Vegener 
«Materiklar dreyfi » nazariyasida qayd etishicha, taxminan bir necha million yillar 
ilgari Yer yuzida hech qanday qit’alar bo‘lmay, sayyoramiz yagona quruqlik – 
Pangeya va yagona okeandan iborat bo‘lgan. Bundan 200 mln yil ilgari mezozoy 
erasining trias davrida yagona quruqlik – Pangeya ikki bo‘lakka, Lavraziya va 
Gondvanaga ajralgan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonot va o‘simliklar 
olami ham ikki tomonga bo‘lingan (113-rasm).

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin