Biolog 10 indd


-rasm. Gomologik organlar. 111-rasm



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

110-rasm.
Gomologik organlar.
111-rasm.
 
Analogik 
organlar: 1 – zirkning tikani 
bargning; 2 – do‘lana tikani 
novdaning; 3 – oq akatsiyaning 
tikani yon bargning; 4 – may-
munjon tikani po‘stloqning 
o‘zgarishidan hosil bo‘lgan; 
5 – kapalak qanoti ko‘krakning 
orqa tomonidan chiqqan 
hosila; 6 – burgutning qanoti; 
7 – ko‘rshapalakning uchish 
pardasi oldingi oyoqning 
o‘zgarishidan hosil bo‘lgan.


206
Paleontologiya. 
Paleontologik ma’lu-
motlar qadimgi o‘simlik va hayvonot dun-
yosini bilib olishga, tashqi qiyofasini tik-
lash ga, fauna va fl oraning qadimgi va 
hozir gi vakillari orasidagi aloqani ko‘rsatib 
berishga imkon beradi. Biologiya fanida 
to‘plangan ma’lumotlar organik olam hozirgi 
ko‘rinishda birdaniga paydo bo‘lmay, balki 
uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi 
ekanligidan guvohlik beradi. O‘simliklar 
va hayvonlar o‘zgarib organik olamning 
hozirgi vakillarini hosil etgan bo‘lsalar, 
aksariyat ko‘pchiligi yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda qirilib ketgan 
va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanmoqda. Qattiq skeletga 
ega bo‘lmagan ko‘pchilik umurtqasizlar, tuban o‘simliklar, zamburug‘lar 
mikroorganizmlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o‘zlaridan keyin nom-
nishon qoldirmagan. Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, 
ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o‘rin almashgan. 
Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro‘y bergan. Yer qatlamlarida qadim 
zamonlarda o‘lib ketgan hayvon, o‘simlik ildizlari, skelet, suyaklar, jag‘lar, 
tishlar, shoxlar, tangachalar, chig‘anoqlar, o‘simlik poyalari birmuncha to‘liq 
holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho‘kindi jinslarni tekshirish uchun 
yupqa, shaff of shlifl arni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa 
mayda organizmlar qoldig‘ini ko‘rish mumkin.
Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab 
organizmlar hayot davrida qanday bo‘lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va 
tuzilishini tiklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuvening 
korrelatsiya qonuniga muvofi q kashf etgan rekonstruksiya (lotincha 
rekonstruktio – 
qayta tiklash) metodidan foydalaniladi. Rekonstruksiya metodi 
kalla, qo‘l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o‘zaro taqqoslab, 
nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi 
davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlarining tashqi 
qiyofasini tiklashga muvaff aq bo‘lindi. Ch. Darvin o‘z vaqtida paleontologik 
solnoma chala deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida 
to‘plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o‘simliklar 
olami qanday bo‘lganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin