203
hamda belgilarning umumiylikdan xususiylikka tomon ajralishi ro‘y beradi
(109-rasm). Bu
biogenetik qonun deb ataladi. Biogenetik qonun hayvonot
dunyosida o‘z ifodasini topadi. Masalan, baqa itbalig‘i suvda ham quruqlikda
yashovchilarning ajdodlari bo‘lmish baliqlarning
rivojlanish bosqichini
takrorlaydi. Biogenetik qonun o‘simliklarga ham taalluqlidir. Chigitdan ungan
madaniy g‘o‘za navlarida oldin yaxlit plastinkali, keyinchalik bo‘lakli barglar
hosil bo‘ladi. Yovvoyi g‘o‘za turlari raymondiy, klotshianium poyasidagi
barcha barglar yaxlit plastinkadan iborat.
Lekin shaxsiy rivojlanishda
organizmlar tarixiy rivojlanishning barcha bosqichlari emas, balki ayrimlari
takrorlanadi, boshqalari tushib qoladi. U ajdodlar tarixiy
rivojlanishi million
yillar davom etganligi; shaxsiy rivojlanish esa juda qisqa muddatda o‘tishi
bilan izohlanadi. Ikkinchidan, ontogenezda ajdodlarning yetuk formalari emas,
balki faqat embrion bosqichlari qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: