Biolog 10 indd


Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi 
ajdod tur areali doirasida 
alohidalanish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Alohidalashgan populatsiyalar ajdod 
tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi 
ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi, yoxud jinsiy jihatdan 
107-rasm
. A – allopatrik tur paydo 
bo‘lishi; B – simpatrik tur 
paydo bo‘lishi.


198
farq qilishi bilan ajralib turadi. Shunday 
usul da alohidalashgan populatsiyalardan 
ke yin cha lik mu ta tsion o‘zgaruvchanlik, 
tabiiy tan la nish tufayli yangi turlar paydo 
bo‘ladi. Filippinda 10 ming yil oldin paydo 
bo‘lgan Lanao ko‘lida yagona bitta ajdod 
baliq turidan simpatrik yo‘nalish bilan 
18 ta baliq turi, yonsuzar qisqichbaqa tur-
kumining bir ajdod turidan 250 ta yangi 
tur paydo bo‘lgani ma’lum. Shu singari 
sim patrik yo‘nalishdagi yangi turlarning 
paydo bo‘ lishi ekologik alohidalanish 
nati jasi ekanligidan dalolat beradi.
Ekologik alohidalanish natijasida 
umu miy areal doirasida chittaklarning 
5 turi kelib chiqqan. Katta chittak bog‘larda 
yirik hasharotlar bilan, moskovka chitta-
gi hasharotlar tu xumlari va qurtlari bilan, 
lazorevka chittagi daraxt, butalar po‘st-
log‘i orasidagi mayda hasharotlar bilan
kokilchali chittak esa o‘simlik urug‘lari 
bilan oziqlanadi. 
Xromosoma va genom mutatsiyalari, duragaylash natijasida yangi tur larning 
hosil bo‘lishi ham simpatrik tur hosil bo‘lish yo‘nalishiga misol bo‘ladi. Ba’zi 
hollarda hujayraning bo‘linish jarayonida tashqi muhitning omillari ta’sirida 
xromosomalarning tarqalishi buziladi. Xromosoma sonining ortishi yoki 
kamayishi yangi turlarning kelib chiqishiga asos bo‘ ladi. Murakkabguldoshlar 
oila si ga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida 
12 tadan 43 tagacha bo‘lgan xromosomali turlari uchraydi. Hujayraning bo‘linish 
duki (urchug‘i)da sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar xromosomalarni hujayra ning 
ikki qutbga tarqalmay qolishiga va poliploid
 
turlarning kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladi. Chunonchi, xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosomali, 
tamaki avlodiga 24, 48, 72, bug‘doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi 
aniqlangan. Poliploid turlar xromosomasi diploid to‘plamga ega tur lar ga nisbatan 
muhitning noqulay sharoit lariga ko‘proq moslashuvchan bo‘ladi.
Ba’zi bir o‘simlik turlari duragaylash yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Chunonchi, 
olxo‘ri olcha bilan tog‘olchaning chatishi shidan so‘ng xromo somalar sonining 
108-rasm. 
Geografi k alohidalanish. 
Qirg‘ovulning kenja turlari.


199
ikki hissa ortishi natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid 
to‘plami 16, tog‘olchada esa 8, demak, ularda hosil bo‘lgan duragay da xromo-
somaning gaploid to‘plami 24 ga teng. Olimlarning fi kricha, xromosoma ning 
gaploid to‘plami 13 bo‘lgan herbatseum turini boshqa 13 xromosomali turi 
bilan o‘zaro chatishib, so‘ng duragay xromosoma to‘plamining ikki hissa 
ortishi hisobiga 52 xromosoma to‘plamga ega bo‘lgan xirzutum, barbadenze 
g‘o‘za turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin