Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar: 
fi letik, divergensiya, duragaylash, allopatrik yo‘nalish,
 
simpatrik 
yo‘nalish.
 
Savol va topshiriqlar:
1. Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishdagi qiyinchiliklar nimalardan iborat?
2. Tur paydo bo‘lishida mutatsiyalarning ahamiyatini izohlang.
3. 106-rasmda berilgan sxemani izohlang.
4. Allopatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring. 
5. Simpatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring.
6. Allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lish jarayonlarini taqqoslang. 
7. Nima sababdan hayvonlarda poliploidiya hodisasi kam uchraydi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
1-topshiriq. 
Botanika va zoologiyadan o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida 
allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lishiga misollar keltiring.
Allopatrik tur hosil bo‘lishi
Simpatrik tur hosil bo‘lishi
2-topshiriq. 
Tur paydo bo‘lish bosqichlarini sxema tarzida ifodalang.
46-§. EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA MOLEKULAR 
BIOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA 
FANLARI DALILLARI
Evolutsiya juda ham uzoq muddatli tarixiy jarayon bo‘lganligi sababli, 
bu jarayonni qisqa vaqt davomida kuzatishning imkoni yo‘q. Ayniqsa, yirik 
sistematik birliklarning hosil bo‘lishi uchun million yillar kerak bo‘ladi. Tur 
doirasida kechadigan evolutsion jarayonlar 
mikroevolutsiya
deyiladi. Turdan 
yuqori bo‘lgan sistematik guruhlarning paydo bo‘lish jarayoni 
makroevolutsiya


200
deyiladi. Mikroevolutsiya qisqa muddatda yuz berishi mumkinligi sababli
bu jarayonni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish mumkin. Mak roevo lutsiya, ya’ni 
turdan yuqori bo‘lgan sistematik birliklar: avlod, oila, tur kum, sinf, tiplardagi 
evolutsion jarayonlar million yillar davomida amalga oshgani sababli uni 
bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Shu bois makroevolutsiya bilvosita
 
dalillar, 
ya’ni qadimgi davrlarda yashab o‘lib ketgan mavjudotlarning hozirgi 
paytda yashab turganlari bilan, shuningdek, keyingilarining tashqi, ichki 
tuzilishi, rivojlanishi, ularning hayotiy jarayonlarini o‘zaro taqqoslash orqali 
aniqlanadi. Makroevolutsiya mikroevolutsiyaning uzviy davomi hisoblanadi. 
Chunki mikroevolutsiyadagi mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, 
populatsiya ning genetik va ekologik jihatdan xilma-xil bo‘lishi, evolutsiyani 
harakatlantiruvchi omillari makroevolutsiyaga
 
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Makroevolutsiyani isbotlashda bir qancha fan dalillaridan foydalaniladi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin