207
Savol va topshiriqlar:
1. Evolutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya fan dalillarini keltiring.
2. Evolutsiyani isbotlashda embriologiya fan dalillarini keltiring.
3. Evolutsiyani isbotlashda paleontologiya fan dalillarini keltiring.
48-§. EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA
BIOGEOGRAFIYA FANI DALILLARI
Yer yuzida tarqalgan hayvonot va o‘simliklar olami murakkabligi jihatidan
bir xil emas. Ba’zi qit’alarda tuzilishi va funksiyasi bo‘yicha
nisbatan oddiy,
boshqalarida esa o‘ta murakkab hayvonlar va o‘simliklar tarqalgan. Hayvon
va o‘simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta
biogeografi k viloyatlarga ajratadilar. Bunda ular sutemizuvchilar, qushlar, ochiq
urug‘li, yopiq urug‘li o‘simliklar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikdagi
yashovchilar hamda quruqlikdagi sporali o‘simliklarning
tarqalishini asos
qilib oladilar. Quyida olimlar tomonidan e’tirof etilgan Avstraliya, Neotropik,
Hindomalay, Habashiston, Neoarktik, Paleoarktik biogeografi k
viloyatlarning
hayvonot va o‘simliklari bilan tanishamiz.
Avstraliya biogeografi k viloyatiga
Avstraliyadan
tashqari Yangi Zelan-
diya, Yangi Gvineya,
Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatda
sutemizuvchilar sinfi ning tuban vakillari tuxum qo‘yib ko‘payuvchi – o‘rdak-
burun, yexidna, xaltali hayvonlardan kenguru, xaltali krot, xaltali tiyin, xaltali
bo‘ri, xaltali ayiq tarqalgan.
Yo‘ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam.
Ular sichqonsimon kemiruv-
chilar, ko‘rshapalaklar, dingo itidan iborat bo‘lib, bu hayvon turlari o‘zga
qit’alardan o‘tgan, deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi qushlar nihoyatda rang-
barang: jannat qushlari, xashaki tovuqlar, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz
kivi, tuyaqushlardan emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilar tuzilishi jihatidan
paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o‘xshash bo‘lgan.
O‘rmonlarda evkaliptlar,
janubiy qoraqayin, daraxtsimon paporotniklarni
ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: