Biolog 10 indd


muhitidan quruqlikda yashashga, spora bilan  ko‘payishdan urug ‘



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

 
muhitidan quruqlikda yashashga, spora bilan 
ko‘payishdan urug

dan
 
ko‘payishga o‘tishi, yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi 
aromorfoz tipidagi yuksalishlardir. Umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon 
aylanish, hazm qilish, nafas organlarining murakkablasha borishi, baliq lar, 
suvda ham
 
quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuv-
chilar sinfl arining kelib chiqishi ham organik olam evolutsiyasining aromorfoz 
yo‘nalishida amalga oshgan.
Aromorfoz yo‘nalish tufayli organik olam evolutsiyasida o‘simliklar, 
hayvonlarning tuzilishi, hayot faoliyati tobora murakkablashgan, ularning 
yangi-yangi guruhlari paydo bo‘lgan, areali kengaygan, turkum, sinf, tip hosil 
bo‘lish jarayoni tezlashgan.
Aromorfoz yo‘nalish uzoq davom etgan irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy 
tanlanish asosida ro‘y bergan. O‘simlik va hayvonlarning har qanday yirik 
taksonomik birligida aromorfoz tipidagi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin 
(117-rasm).
Idioadaptatsiya 
organizmlarning muayyan yashash sharoitiga mos-
lashuviga yordam beradigan evolutsion o‘zgarishlardir. Aromorfozlardan 
farq li o‘laroq, idioadaptatsiya umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz’iy 
moslanishlar bilan aloqadordir. Ular organizmlar tuzilishi darajasini, hayot 
faoli yatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko‘tarmaydi. Hayvonlarda himoya 
rangi, mimikriya hodisasi, o‘simliklarda shamol, hasharotlar, qushlar yordamida 
chetdan changlanish bo‘yicha xilma-xil muvofi qlanishlar, meva va urug‘larning 
tarqalishi bilan bog‘liq moslanishlar idioadaptatsiyaga misol bo‘la oladi. 


216
118-rasm. 
Sutemizuvchilar 
sinfi ning hasharotxo‘r tur-
kumiga mansub hayvonlar. 
Quruqlikdagi formalari:
1 – sakrovchi; 
2 – tipratikan; 3 – yerqazar. 
Suvda va quruqlikda yashov-
chi formalari: 4 – kutora; 
5 – qunduzsimon yerqazar; 
6 – krot; 7 – oltinrangli krot; 
8 – vixuxol.
Hasharotxo‘rlar turkumiga mansub hayvonlarning ba’zilari quruqlikda
suvda yoki yer ostida yashashga moslashganligi ham idioadaptatsiyaga misoldir 
(118-rasm).
Shunga o‘xshash, suyakli baliqlar har xil tur vakillarining tana shakli, 
rangi, suzgich qanotlari tuzilishining o‘ziga xosligi ham idioadaptatsiya 
yo‘nalishidagi moslanishlar natijasidir. Bu moslanishlar har bir tur organizmlar 
uchun muayyan muhit sharoitida yashashga birmuncha qulayliklar tug‘diradi 
va biologik yuksalishga sababchi bo‘ladi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin