Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Umumiy degeneratsiya 
tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy 
tuzilishga o‘tish demakdir. Bunday o‘zgarishlar odatda biologik ahamiyatini 
yo‘qotgan organlarning yo‘qolishi bilan kechadi. Organik olam evolutsiyasining 
bu yo‘nalishi organizmlarning o‘troq yoki parazit holda hayot kechirishiga 
moslashuvi uzviy aloqador. Masalan, assidiy lichinkasi metamorfozi umumiy 
degeneratsiyaga misol bo‘ladi. Ikki pallali molluskalarning kam harakatliligi 
ularda boshning yo‘qolishiga olib kelgan.
Odam parazitlari, cho‘chqa solityori, tasmasimon chuvalchanglarda ichak 
bo‘lmaydi, nerv sistemasi sodda tuzilgan, mustaqil harakatlanish deyarli yo‘q. 
Lekin ularda «xo‘jayin» ichak devorlariga yopishish uchun so‘rg‘ichlar, kuchli 
1
2
3
4
5
6
7
8


217
rivojlangan ko‘payish organi bo‘ladi. Shuningdek, ko‘pgina o‘simliklarda, 
masalan, parazit holda yashovchi zarpechakda asosiy organlaridan biri barg 
bo‘lmaydi, ildiz o‘rniga poyada so‘rg‘ichlar hosil bo‘lib, uning yordamida 
«xo‘jayin» o‘simlikdan oziq moddalarni so‘rib oladi. Zarpechak ko‘plab meva, 
urug‘ beradi.
Uning urug‘i o‘txo‘r hayvonlarning oziqlanish organlarida hazm bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa 
ham, biroq bu turdagi organizmlar sonining ko‘p bo‘lishiga, arealning 
kengayishiga, yangi sistematik guruhlarning taraqqiy etishiga, ya’ni biologik 
yuksalishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda hasharotlar, suyakli baliqlar, kemiruvchilarning ko‘pgina 
guruhlari, gulli o‘simliklar biologik yuksalish guruhlari progress holatidadir.
Organik olamning rivojlanishida biologik yuksalish – progressga qarama-
qarshi o‘laroq, biologik regress ham uchraydi. Biologik regressda muhit 
sharoitiga organizmlar yetarlicha moslasha olmaganliklari sababli ularning: 
a) avloddan avlodga o‘tgan sari individlar soni kamayadi; b) tarqalgan areali 
torayadi; d) populatsiyalar, turlar soni qisqaradi.
O‘simliklardan ginkgolar oilasi, sutemizuvchilardan hasharotxo‘rlar 
turkumiga kiruvchi faqat ikki turdan iborat vixuxol avlodi biologik regress 
holatidadir.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin