210
Gondvana quruqligining bir qismi janubga tomon siljigan. Keyinchalik yer
ostki kuchlarining ta’siri tufayli Gondvana o‘z navbatida bo‘laklarga ajragan.
Natijada Antarktida,
Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika qit’alari paydo
bo‘lgan. Lavraziyaning bo‘linishi tufayli Yevrosiyo, Shimoliy Amerika qit’alari
kelib chiqqan. Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikaning yagona qit’a
sifatida
bo‘lishi kaynozoy erasigacha davom etgan. Yagona quruqlik Pangeyaning
qit’alarga ajralishi tabiiy ravishda o‘simlik va hayvonlar evolutsiyasiga ta’sir
etmay qolmagan. Chunonchi, Avstraliya, Gondvanadan ajragan davrda triasning
o‘rtalarida sutemizuvchilarning faqat tuxum qo‘yib ko‘payuvchi turlari hamda
xaltalililar tarqalgan. Hali sutemizuvchi hayvonlarning yo‘ldoshlilar kenja sinfi
vakillari paydo bo‘lmagan edi. Shu sababli tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilar
Avstraliya, xaltali sutemizuvchilar Avstraliya va Neotropik (masalan, opossum)
biogeografi k viloyatida saqlanib hozirgi vaqtgacha yetib kelgan.
Boshqa
qit’alarda tuxum bilan ko‘payuvchilar, xaltalilar yashash uchun kurashda
ularga
nisbatan murakkab tuzilishga, ko‘payishga ega bo‘lgan yo‘ldoshlilar
kenja sinf vakillari tomonidan siqib chiqarilgan.
Tayanch so‘zlar:
Avstraliya, Neotropik, Indomalay, Paleoarktik, Neoarktik,
Paleoarktik.
Savol va topshiriqlar:
1. Avstraliya va Neotropik biogeografi k viloyatlarni o‘zaro
taqqoslab, o‘xshash
hayvon guruhlarini aniqlang.
2. Nima sababdan Paleoarktik va Neoarktik biogeografi k viloyatlarning hayvonot
va o‘simlik olami ko‘p jihatdan o‘xshash?
3. Quruqlikni biogeografi k viloyatlarga ajratishda qaysi hayvon va o‘simlik
guruhlariga asosan e’tibor qilingan?
4. Nima sababdan odamsimon maymunlar faqat ikki biogeografi k viloyatlarga
tarqalgan?
5. Opossumlarning Markaziy va Janubiy
Amerikada uchrashini qanday
tushuntirasiz?
Dostları ilə paylaş: