206
Paleontologiya.
Paleontologik ma’lu-
motlar qadimgi o‘simlik
va hayvonot dun-
yosini bilib olishga, tashqi qiyofasini tik-
lash ga, fauna va fl oraning
qadimgi va
hozir gi vakillari orasidagi aloqani ko‘rsatib
berishga imkon beradi. Biologiya fanida
to‘plangan ma’lumotlar organik olam hozirgi
ko‘rinishda birdaniga paydo bo‘lmay, balki
uzoq davom etgan tarixiy
rivojlanish natijasi
ekanligidan guvohlik beradi. O‘simliklar
va hayvonlar o‘zgarib organik olamning
hozirgi vakillarini hosil etgan bo‘lsalar,
aksariyat ko‘pchiligi yashash uchun kurash, tabiiy
tanlanishda qirilib ketgan
va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanmoqda. Qattiq skeletga
ega bo‘lmagan ko‘pchilik umurtqasizlar, tuban o‘simliklar, zamburug‘lar
mikroorganizmlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o‘zlaridan keyin nom-
nishon qoldirmagan. Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib,
ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o‘rin almashgan.
Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro‘y bergan. Yer qatlamlarida qadim
zamonlarda o‘lib
ketgan hayvon, o‘simlik ildizlari, skelet, suyaklar, jag‘lar,
tishlar, shoxlar,
tangachalar, chig‘anoqlar, o‘simlik poyalari birmuncha to‘liq
holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho‘kindi jinslarni tekshirish uchun
yupqa, shaff of shlifl arni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa
mayda organizmlar qoldig‘ini ko‘rish mumkin.
Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab
organizmlar hayot davrida qanday bo‘lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va
tuzilishini tiklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz
biologi Jorj Kyuvening
korrelatsiya qonuniga muvofi q kashf etgan rekonstruksiya (lotincha
rekonstruktio –
qayta tiklash) metodidan foydalaniladi. Rekonstruksiya metodi
kalla, qo‘l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o‘zaro taqqoslab,
nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya
metodi yordamida qadimgi
davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlarining tashqi
qiyofasini tiklashga muvaff aq bo‘lindi. Ch. Darvin o‘z vaqtida paleontologik
solnoma chala deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida
to‘plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o‘simliklar
olami qanday bo‘lganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: