213
xil tashqi muhit
omillari bilan bevosita
bog‘langan organlarda yuz beradi.
Xaltali va yo‘ldoshli sutemizuvchilar
o‘xshash hayot tarziga ega bo‘lganliklari
natijasida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan
holda ularning tuzilishida o‘xshash qir ra -
lari paydo bo‘lgan. Konvergent o‘xshashlik
sis tematik jihatdan bir-biridan ancha uzoq
turgan guruhlarda ham kuzatiladi. Qushlar
va kapalaklarda qanoti bo‘ladi,
lekin bu
organlarning kelib chiqishi turlichadir.
Birinchi holatda – bu o‘zgargan oldingi
oyoqlar, ikkinchisida – xitin o‘simta.
Konvergensiya bir-biriga qarindosh
bo‘lmagan guruhlarning o‘xshash yo‘na lishda
evolutsion rivojlanishi va
ularning bir xil yashash muhitiga moslashishi natijasida o‘xshash belgilarga
ega bo‘ lishidir. Konvergent rivojlanishga akulalar (birlamchi suv hayvonlari),
ixtiozavrlar va kitsimonlar (ikkilamchi suv hayvonlari) tana shaklining
o‘xshashligini misol qi lib keltirish mumkin (116-rasm). Ammo umurtqalilarning
bu
guruhlari teri qop lami, kalla suyagi, muskullari,
qon ayla nish, nafas olish
va boshqa organlar sistemalarining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: