Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

to‘la birikish
deyiladi. (46-rasm). 
Agar urg‘ochi digeterozigota pash -
shani tahliliy duragaylash usulida tekshirsak, avvalgi tajribaga nisbatan 
boshqacharoq natijani kuzatamiz. Bunda 4 xil variantda belgilarga ega bo‘lgan 
avlod hosil bo‘ladi. Lekin G. Mendel tajribalarida kuzatilgan 1:1:1:1 nisbatdan 
farq qilib, ota-onalarinikiga o‘xshagan belgilar ko‘proq (kulrang tanali, uzun 
qanotli – 41,5%, qora tanali, kalta qanotli – 41,5%), yangi hosil bo‘lgan 
belgilar esa ancha kam (kulrang tanali, kalta qanotli – 8,5%, qora tanali, 
normal qanotli – 8,5%) uchraydi. Genlar birikishining bu xili 
chala birikish
deb ataladi (47-rasm). 
Genlar chala birikishining sababini tushunish uchun jinsiy hujayralarning 
yetilishida kuzatiladigan meyoz jarayonini eslash kerak. Meyoz I ning 
profazasida muhim jarayon – krossingover kuzatiladi. Gomologik xromosomalar 
konyugatsiyalashib allel genlarning almashinuvi sodir bo‘ladi. 
Natijada gametalarning bir qismi yangi genlar kombinatsiyasiga ega 
bo‘ladi. Shuning uchun yangi avlodda ota-onalarnikidan farq qiluvchi yan gi 
belgilar kombinatsiyasi vujud ga keladi. Krossingover natijasida hosil bo‘lgan 
gametalar hamda shu gametalardan hosil bo‘lgan avlod bir xil nom bilan 
krossoverlar
deb ataladi. Krossingoverga uchramagan gametalar ishtirokida 
hosil bo‘lgan avlod 
nokrossoverlar
deb ataladi.
46-rasm. 
To‘liq birikish.


90
Qora tana, 
kalta qanot
8,5%
Qora tana, 
normal qanot
41%
Qora tana, 
kalta qanot
Gametalar
41,5%
Kulrang tana, 
normal qanot
8,5%
Kulrang tana, 
kalta qanot
Kulrang tana, 
normal qanot
47-rasm. 
Chala birikish.
T. Morgan qonuni quyidagicha tavsifl anadi: bitta xromosomada joylashgan 
genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi. 
Ularning birikish ehtimoli shu genlar orasidagi masofaga teskari proporsionaldir. 
Genlar orasidagi masofa morganida deb ataladigan birlik bilan ifodalanadi
1 morganida 1% krossingover kuzatiladigan genlar orasidagi masofaga teng. 
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan misolimizdagi ikkita gen orasidagi masofa 
17 morganidaga teng.
Belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover hodisasiga asoslanib 
T.Morgan o‘z shogirdlari bilan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. 
Uning mazmuni quyidagicha: 
– genlar xromosomalarda ma’lum bir chiziqli ketma-ketlikda joylashadi;
– har bir gen xromosomada o‘z o‘rni (lokus)ga ega; allel genlar gomologik 
xromosomalarning aynan bir xil lokuslarida joylashadi;
– bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhini hosil qilib, 
birgalikda irsiylanadi; birikish guruhlari soni xromosomalarning gaploid 
to‘plamiga teng va har bir tur uchun doimiydir. 


91
– krossingover jarayonida genlarning birikishi buzilishi mumkin, bunda 
rekombinant xromosomalar hosil bo‘ladi; krossingover chastotasi genlar 
orasidagi masofaga bog‘liq: masofa qanchalik uzoq bo‘lsa, krossingover 
shuncha ortadi;
– rekombinatsiya foizi asosida genlar orasidagi masofa aniqlanadi, bu esa 
xromosomalar xaritasini tuzishga imkon beradi. 
Bu sohadagi tadqiqot natijalari xromosomaning genetik va sitologik 
xaritasini yaratish imkonini vujudga keltirdi. Ma’lum birikish guruhga 
kirgan genlarning joylashish tasviri 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin