96
Urg‘ochi
organizm gomogameta, erkak geterogameta bo‘lgan taqdirda,
jins bilan bog‘liq belgilar boshqa organizmlarda ham shunday usulda avloddan
avlodga beriladi. Gemofi liya, daltonizm, muskul distrofi yasi X xromosomaga
bog‘liq holda irsiylanadi.
Urg‘ochisi geterogameta bo‘lgan organizmlarda
jins bilan birikkan
belgilarning irsiylanishi boshqacharoq kechadi. Masalan, tovuq va xo‘rozlarning
pati chipor bo‘lishi dominant, qora rangda bo‘lishi retsessiv genlarga bog‘liq.
Ular X xromosomada joylashgan. Agar qora patli (b) tovuq bilan
chipor
(B) patli xo‘roz chatishtirilsa F
1
avloddagi tovuq va xo‘rozlarning pati chipor
rangda bo‘ladi. F
1
dagi xo‘roz va tovuqlar o‘zaro
chatishtirilsa, F
2
avlodning
barcha xo‘rozlari chipor, tovuqlarining ½ qismi chipor, ½ qismi
qora patli
bo‘ladi.
Fenotip
qora
♀
chipor ♂
P
Genotip
X
b
Y x X
B
X
B
gameta X
b
Y X
B
Fenotip
chipor ♂ chipor
♀
F
1
Genotip
X
B
X
b
x X
B
Y
gameta X
B
X
b
X
B
Y
Fenotip
chipor ♂ chipor ♂ chipor
♀
qora
♀
F
2
Genotip
X
B
X
B
X
B
X
b
X
B
Y X
b
Y
Retsiprok chatishtirishda, ya’ni chipor tovuq bilan qora xo‘roz
chatishishidan
olingan F
1
parrandalarning tovuqlari qora, xo‘rozlari chipor
rangda bo‘ladi. Ularning ikkinchi avlodida tovuq va xo‘rozlarning ½
qismi
chipor, ½ qismining pati qora rangda bo‘ladi.
Organizmlardagi ayrim belgilar Y xromosomada joylashgan genlar
orqali irsiylanadi.
Dostları ilə paylaş: