Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar:
resiprok chatishtirish, gemofi liya, daltonizm, muskul distrofi yasi.
Savol va topshiriqlar:
1. T. Morganning G. Mendel tajribalaridan farqini tushuntirib bering.
2. Drozofi la meva pashshasida ko‘z rangining irsiylanish qonuniyatlarini 
tushuntiring.


97
3. Tovuq va xo‘rozlarda belgilarning jins bilan bog‘liq irsiylanishini tushuntiring.
4. Jins bilan cheklangan belgilarning irsiylanishini tushuntiring.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
1-masala.
Bolalarda immunitet yetishmasligi qonda γ – globulin sintezlanmasligi 
oqibatida vujudga keladi. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi genning bir turi 
autosomada, ikkinchi turi jinsiy X xromosomada joylashgan. Kasallik belgisi 
ikkala holda ham retsessiv irsiylanadi. Ona ikki belgi bo‘yicha geterozigotali, ota 
sog‘lom va uning avlodlarida kasallik kuzatilmagan bo‘lsa, tug‘ilgan farzand-
larning necha foizi 1-belgi bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi? 
2-masala.
Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm 
geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar-
soqov erkak sog‘lom ayolga uylanganda oilada bitta o‘g‘il daltonik, kar-soqov
bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo‘lib tug‘ilgan. Bu oilada ikkala 
belgisi bo‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi?
22-§. GENLARNING O‘ZARO TA’SIRI
 
Organizmlardagi belgilar G. Mendel qonunida ko‘rsatilganidek faqat bitta 
gen ta’sirida emas, balki bir necha juft noallel genlarning o‘zaro ta’sirida ham 
irsiylanadi. Noallel genlar xromosomalarning har xil lokuslarida joylashgan va 
har xil oqsillar sintezini ta’minlovchi genlardir. 
Noallel genlarning o‘zaro ta’siriga: epistaz, komplementarlik, polimeriya 
misol bo‘ladi.
Noallel genlarning komplementar ta’siri

Komplementariya so‘zi ingliz-
cha «complement» – to‘ldirish degan ma’noni anglatadi. Noallel genlar bir-
birini to‘ldirishi natijasida yangi belgi rivojlanadi. Belgining rivojlanishiga 
ta’sir etuvchi noallel genlarning ta’siri tufayli F
2
avlodida belgilarning ajralishi 
9 : 7; 9 : 6 : 1; 9 : 3 : 4; 9:3:3:1 nisbatda bo‘ladi.
Masalan, noallel genning har biri mustaqil ravishda yangi belgini yuzaga 
chiqarsa, F

da ajralish 9:3:3:1 nisbatda bo‘ladi.
Komplementar irsiylanishga misol qilib qush boquvchi havaskorlarga 
tanish bo‘lgan avstraliya xoldor to‘tilarining pat rangining irsiylanishini olish 
mumkin.
Xoldor to‘tilarning pat rangi oq, sariq, havorang, yashil bo‘ladi. Agar 
havorang patli to‘ti oq patli to‘ti bilan chatishtirilsa, birinchi avlodda patning 
havorang belgisi dominantlik qiladi. Birinchi avloddagi erkak va urg‘ochi 
havorang to‘tilar o‘zaro chatishtirilsa, olingan F
2
avlod to‘tilari orasida esa 
4 – Biologiya 10


98
75% havorang, 25% oq rangli bo‘ladi. Xuddi shunday holatni biz sariq patli 
to‘tilar bilan oq patli to‘tilarni chatishtirganda ham ko‘ramiz. Bu tajribada 
birinchi avlod to‘tilari sariq patli bo‘lib, ularning erkak, urg‘ochilari bir-
birlari bilan chatishtirilsa, hosil bo‘lgan ikkinchi avlodda 75% to‘tilar sariq, 
25% to‘tilar oq patli bo‘ladi. 
Har ikki tajriba tafsilotini tahlil qilib, xoldor to‘tilarda pat rangi bittadan 
gen ta’sirida rivojlanadi degan xulosaga kelish mumkin. Ammo mazkur xulosa 
havorang patli to‘tilar bilan sariq patli to‘tilarni chatishtirishda o‘z tasdig‘ini 
topmaydi. Chunki keyingi chatishtirishdan olingan birinchi avlod to‘tilarining 
pati yashil rangda bo‘ladi. Ularning erkak va urg‘ochilarini chatishtirib 
olingan ikkinchi avlodda esa xuddi diduragay chatishtirishga o‘xshash 4 ta 
fenotipik sinf, ya’ni 9 ta yashil, 3 ta havorang, 3 ta sariq, 1 ta oq patli to‘tilar 
rivojlanadi (51-rasm).


AB
Ab
aB
ab
AB
AABB
AABb
AaBB
AaBb
Ab
AABb
AAbb
AaBb
Aabb
aB
AaBB
AaBb
aaBB
aaBb
ab
AaBb
Aabb
aaBb
aabb
Dominant allel bo‘lmagan genlar alohida-alohida mustaqil ravishda belgiga 
ta’sir ko‘rsata olmasa, F
2
da 9:7 nisbatda ajralish beradi. Xushbo‘y no‘xat 
o‘simligining fenotip jihatdan o‘xshash oq gulli, lekin genotip bo‘yicha farq 
qiluvchi navlari chatishtirilganda shunday natija olingan (52-rasm). 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin