108
sholi avlodlarida ayrim belgilarning, masalan, don rangining oq, qizil, qora,
gunafsha rangda bo‘lishi;
don shaklining yumaloq, cho‘zinchoq bo‘lishi;
hayot tarziga ko‘ra kuzgi, bahorgi, yarim kuzgi, ertangi, kechki formalarida
takrorlanishini ko‘rish mumkin. Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar
qonuni hayvonlarda ham o‘z tasdig‘ini topadi. Xususan, albinizm umurtqali
hayvonlarning barcha sinfl ari –
baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar,
sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilarga mansub avlodlarda,
turlarda
kuzatiladi. Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuniga asoslanib
seleksionerlar madaniy o‘simliklarning boy kolleksiyasini to‘plashda va undan
yangi navlarni chiqarishda foydalanadilar.
Modifi katsion o‘zgaruvchanlik
. Bir xil genotipga ega organizmlarda
tash qi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar
mo-
difi katsion o‘zgaruvchanlik
deb ataladi. Genotip o‘zgarmaganligi
uchun
modifi katsion o‘zgaruvchanlik nasldan naslga berilmaydi. Modifi katsion
o‘zgaruvchanlik populatsiyadagi deyarli barcha organizmlarga xos ekanligi bilan
tavsifl anadi. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar
nuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishini
tushunishga yordam beradi.
Har qanday tirik mavjudotning morfologik, fi ziologik, biokimyoviy belgi-
xossalari majmuasi, ya’ni fenotipi faqat ota-onadan olingan genlargina emas,
balki ma’lum darajada shu organizm rivojlanayotgan muhitning xilma-xil
omillari ta’siriga ham bog‘liq.
Modifi katsion o‘zgaruvchanlikka suv ayiqtovoni o‘simligi
barglarining
shakli o‘zgaruvchanligini misol qilib keltirish mumkin. Bitta o‘simlik tupi
barglarning suv ostidagi va suv yuzasida barglarining shakli bilan farqlansa-da,
ularning genotipi bir xil bo‘ladi. Barglar shakli yorug‘likka bog‘liq.
Bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni
yuzaga chiqara olish chegarasi reaksiya normasi deyiladi. Modifi katsion
o‘zgaruvchanlikning evolutsion ahamiyati shundan iboratki,
u organizmlarga
o‘z ontogenezida tashqi muhit omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi.
Reaksiya normasi keng bo‘lgan organizmlar tabiiy tanlashda qulaylikka ega
bo‘ladi. Organizmlarning bo‘yi, massasi, pigmentatsiyasi va shunga o‘xshash
ko‘plab belgilar modifi katsion o‘zgaruvchanlikka moyildir. Modifi katsiya-
larning kelib chiqishi organizmda biokimiyoviy va fermentativ reaksiyalarning
u yoki bu tomonga o‘zgarishiga bog‘liqdir.
Tirik organizmlarning belgi va xususiyatlari, masalan, terida pigmentning
ishlab chiqarilishi albatta genotipga bog‘liq. Lekin
teridagi pigmentning hosil
109
bo‘lishini quyosh nuri miqdori belgilaydi. Belgining yuzaga chiqishi genotipning
ma’lum bir tashqi muhit ta’siriga moyilligiga (beriluvchanligi) bog‘liq. Shuning
uchun ma’lum bir joyda tarqalgan yuqumli kasalliklar bilan shu joy aholisining
hammasi ham kasal bo‘lavermaydi. U genotipida shu kasallikka moyilligi bor
kishilardagina yuzaga chiqadi.
Organizmning tashqi muhit sharoiti ta’siriga javobi shu ta’sirga moslanishini
bildiradi. Dengiz sathidan yuqoriga ko‘tarilgan sari odam
qonida eritrotsitlarning
soni ko‘payadi. Odamlarda yozda terida melaninning ko‘payishi, hayvonlarda
junning sovuq tushishi bilan qalinlashishi ham sharoitga moslashishdir. O‘simlik
yorug‘lik kam tushadigan joyda o‘stirilsa, uning barg plastinkalari kattalashadi,
ya’ni fotosintez sodir bo‘ladigan yuza oshadi va shu sharoitga moslashadi.
Organizmlarning miqdoriy belgilari tashqi muhitning sharoiti ta’sirida nis -
ba tan kuchli o‘zgaradi. Madaniy o‘simliklarning bo‘yi, bargi va urug‘larining
soni, hosildorligi, uy hayvonlarining vazni, sut mahsuldorligi ularni parvarish qilish
va boqish sharoitiga bog‘liq. Bundan tashqari miqdoriy belgilarning irsiylanishi
va xilma-xilligi o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’sir etuvchi genlarning faoliyatiga
bog‘liq. Shuning uchun miqdoriy belgilarning irsiylanishi va modifi katsion
o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda maxsus statistik usullardan foydalaniladi.
Bu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat: o‘rganilayotgan o‘simlik
navlari, hayvon zotlari va ular duragaylarining mumkin qadar ko‘proq vakillari
tajribaga jalb etiladi. Ularning har birida o‘rganilayotgan belgini ifodalovchi
miqdoriy ko‘rsatkichlar, masalan:
massasi gramm yoki kilogrammda, bo‘yi
santimetr yoki metrda aniqlanadi. Olingan dalillar asosida variatsion qator va
grafi k tuziladi hamda o‘rganilayotgan belgining o‘rtacha ko‘r satkichi aniqlanadi.
Modifi katsion o‘zgaruvchanlik tib biyotda katta ahamiyatga ega. Har bir
kasallik reaksiya normasiga bog‘liq tarzda har xil odamlarda turlicha kechishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: