Biolog 10 indd


Shajara tuzish (geneologik) metodidan



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Shajara tuzish (geneologik) metodidan
odamning normal va kasallik 
belgi-xususiyatlarining sabablarini o‘rganish maqsadida mumkin qadar 
ko‘proq avlodlarining nasl-nasabi haqida ma’lumot to‘plash, tahlil qilishda 
foydalaniladi. Mazkur metod yordamida insonning ko‘pgina belgilari
jumladan, gen kasalliklarining nasldan naslga o‘tish qonuniyatlarini aniqlash 
mumkin bo‘ladi. Shajara tuzish (geneologik) metodi yordamida odamdagi 
qobiliyat, iste’dod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog‘liq 
ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga 
bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlar. Shajara tuzishda o‘ziga xos ramziy belgilardan 
foydalaniladi (59-rasm). 
 Ramziy belgilar
Belgilarning 
ma’nosi
Erkak
Bir tuxumdan 
rivojlangan 
egizaklar
Ayol
Har xil tuxumdan 
rivojlangan egizak-
lar
Nikoh
Geterozigotalar
Proband
O‘rganilayotgan 
belgiga ega shaxs
Bir ota-onaning 
farzandlari
59-rasm.
Shajara tuzishda foydalaniladigan 
genetik belgilar.
G. Mendel qonunlariga muvofi q odamlarda nasldan naslga o‘tadigan 
belgilarning bir nechtasi quyida misol tariqasida keltirilmoqda:


112
Dominant belgilar
Retsessiv belgilar
Jingalak (geterozigotalarda taram-taram) soch To‘g‘ri soch
Sochning erta to‘kilishi
Normal soch
Malla bo‘lmagan soch
Malla soch
Qo‘y ko‘z
Ko‘k yoki kulrang ko‘z
Sepkillar
Sepkillar bo‘lmasligi
Pakanalik 
Normal bo‘y
Polidaktiliya
Barmoqlar sonining normal bo‘lishi
Ko‘pgina kasalliklar retsessiv holda nasldan naslga o‘tishi genealogik 
usul yordamida aniqlangan. Qandli diabet, tug‘ma karlik, gemofi liya, 
shizofreniyaning ba’zi formalari shular jumlasidandir. Genealogiya usuli – eng 
universal, oddiy, qulay usul bo‘lib, belgining bir nechta avlodda irsiylanishini 
aniqlashga asoslangan. 
Shajara tuzish: ma’lumotlar yig‘ish, shajara tuzish, shajarani tahlil qilish, 
xulosa yozish kabi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar to‘plashda so‘rab-surishtirish, anketalar to‘ldirish va tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib boriladi. Avlodlar shajarasini tuzishda proband 
haqida ma’lumot yig‘iladi. (Proband – 
avlodlar shajarasi aniqlanishi kerak bo‘l-
gan shaxs). Probandning aka-uka yoki 
opa-singillari sibslar deyiladi. Shajaraning 
har bir a’zosi to‘g‘risida, uning probandga 
qanday aloqadorligi to‘g‘risida qisqacha 
ma’lumot yoziladi, keyin ular grafi k 
tarzda ifodalanadi. Shajara tuzilganda 
probanddagi belgining irsiylanish tipini 
ham aniqlasa bo‘ladi.
Autosoma dominant tipida irsiylanish 
(A–D
) – autosomalarda joylashgan 
dominant genlarga bog‘liq. Masalan: 
soch ning jingalakligi, ko‘z qoraligi, mio-
piya, braxidaktiliya, polidaktiliya, rezus 
musbat (R
+
) qon guruhlari va boshqalar 
(60-rasm). 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin