103
23-§. O‘ZGARUVCHANLIKNING UMUMIY QONUNIYATLARI
O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi
belgi va xususiyatlar paydo
bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikka ajratiladi.
Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik fenotipik o‘zgaruvchanlik deb ham ataladi.
Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifi katsion va ontogenetik
o‘zgaruvchanlik. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez jarayonida
genlarning diff erensial faolligi
natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga
bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdir. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi
muhit omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir.
Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi
uchun genotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik
turlariga kombinativ o‘zgaruvchanlik, mutatsion o‘zgaruvchanlik kiradi.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyoz jarayonida gomologik xromosomalarning
o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida ota-ona xromosomalarining
qutblarga tasodifi y ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona
gametalarining tasodifi y kombinatsiylashuvi natijasidir.
104
Mutatsion o‘zgaruvchanlik organizm genlari
va xromosomalarining sifat
va son jihatdan o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: