102
(N) gomozigota holatda barmoqlarning kamroq qisqarishiga olib keladi,
geterozigota holatda esa o‘rtacha qisqarishiga sababchi bo‘ladi.
Tayanch so‘zlar
: allel, noallel,
kumulativ, nokumulativ, pleyotropiya,
modifi kator.
Savol va topshiriqlar:
1. Allel genlarning o‘zaro ta’sirining qanday turlari bor?
2. Noallel genlarning o‘zaro ta’sirining qanday turlari bor?
3. Komplementarlik deganda nimani tushunasiz? Unga misollar keltiring.
4. Epistaz irsiylanishni misollar yordamida tushuntiring.
5. Polimeriya nima? Polimer genlar deb qanday genlarga aytiladi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-masala.
Arpa o‘simligida xlorofi ll pigmentini sintezlashda 2
ta ferment
qatnashadi. Ularning bo‘lmasligi pigment sintezining buzilishiga olib boradi.
Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan dominant (A va
B) genlar bilan ifodalanadi. Agar fermentning bittasi bo‘lmasa, o‘simliklar oq
rangda, 2-fermentning bo‘lmasligi sariq rangda bo‘lishiga olib keladi. Ikkala
fermentning bo‘lmasligi o‘simlikning
oq rangini, ikkalasining bo‘lishi yashil
rangini ta’minlaydi. Agar digeterozigota arpalar o‘zaro
chatishtirilsa, avlodda
olingan duragaylarning necha foizi faqat yashil rangli bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: