Biologik faol kompleks birikmalar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix21.05.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#118597
1   2   3   4   5   6   7
Biologik faol kompleks birikmalar Xalillayev M.I.

band qilsa, bu son ligandning koordinatsion sig‘imi deb ataladi. Masalan, 
K
4
[Fe(CN)
6
] da CN
-
ionining koordinatsion sig‘imi birga teng, CN
-
ioni temir ioni 
atrofidagi oltita о‘rindan faqat bittasini band qiladi. K
4
[Fe(S
2
O
3
)
3
] da har qaysi S
2
O
3
2-
ionining koordinatsion sig‘imi ikkiga teng. Shuningdek, etilendiaminning 
koordinatsion sig‘imi ham ikkiga teng. Koordinatsion sig‘imlari uchga va tо‘rtga teng 
bо‘lgan ligandlar ham uchraydi (sig‘imdentatlik deb ham yuritilishi yuqorida aytilgan 
edi). 
Verner nazariyasining uchinchi bandi komplekslar tuzilishini stereokimyoviy jihatdan 
oydinlashtiradi. Verner koordinatsion birikmalarning fazoviy tuzilishini aniqlashda 
ayni koordinatsion birikmaning nazariya asosida topiladigan izomerlari sonini uning 
haqiqatan mavjud bо‘lgan izomerlari soni bilan taqqoslash usulidan foydalaniladi, 


chunki rentgen nurlari kashf etilmasdan avval molekulalarning fazoviy tuzilishi faqat 
ana shu yо‘l bilan aniqlanar edi. 
Verner fikricha, agar M ning koordinatsion soni 6 ga teng bо‘lsa, kompleks ion ichida 
6 ta ligand markaziy iondan birdek uzoqlikda bо‘lgan oltita nuqtaga joylashadi. Bu 
joylashish 1) tekislikdagi olti burchak shaklida (markazda M, burchaklarda esa 
ligandlar turadi) yoki 2) fazoviy trigonal prizma va 3) fazoviy oktaedr shaklida bо‘lishi 
mumkin. 


MA
4
V
2
va MA
3
V
3
tartibli komplekslar tekis olti burchakli shaklda uchta izomerga, 
uchburchakli prizma shaklida ham uchta izomerga, oktaedrik shaklda esa ikkita 
izomerga ega bо‘lishi kerak. Tajribaning kо‘rsatishicha MA
4
V
2
va MA
3
V
3
larning 
ikkitadan izomeri bor. Shunday qilib, Verner bu koordinatsion birikmalar oktaedrik 
tuzilishga ega ekanligini kо‘rsata oldi. 
Bu fikr tо‘g‘ri ekanligi keyinchalik boshqa tadqiqotlar asosida tasdiqlandi. Yana shuni 
ham aytib о‘tamizki, A.Verner nazarichsining yaratilishidan ilgari kimyo sohasida 
S.Arreniusning elektrokimyoviy nazariyasi, Y.Vant – Goff hamda Le Belning 
stereokimyoviy tasavvurlari, D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementar davriy sistemasi 
kashf etilgan edi. Lekin bu tasavvurlarga asoslanib koordinatsion birikmalarning, 
masalan, CoCl
3
· 6NH
3
PtCl
2
· 2NH
3
, CuCl
2
· 4NH
3
ning tuzilishini izohlab bо‘lmasdi, 
chunki valentlik haqidagi klassik nazariyaga muvofiq CoCl
3
, PtCl
2
va CuCl
2
valentlik jihatdan tо‘yingan birikmalar deb qaralar edi. Shu sababdan A.Verner 
nazariyasining yaratilishi kimyo fanida katta kashfiyot qabul qilindi. 
Koordinatsion 
birikmalarni 
tekshirishda 
chо‘ktirish 
reaksiyalari va elektr 
о‘tkazuvchanlikdan keng foydalanildi. Bulardan ikkinchisini bayon etamiz. Verner 
koordinatsion birikmalar tuzlari eritmalarining molekulyar elektr о‘tkazuvchanligidan 
foydalanib, koordinatsion birikmalarning nechta ionga parchalanishini aniqlay oldi. 
Tarkibida 1 mol erigan modda bо‘lgan eritmaning elektr о‘tkazuvchanlig shu 
moddaning molekulyar elektr о‘tkazuvchanlig deb ataladi : 
Bu yerda : μ – eritmaning molekulyar elektr о‘tkazuvchanligi, k – solishtirma (ya’ni 1 
sm
3
eritmaning) elektr о‘tkazuvchanligi, v – tarkibida 1 mol erigan modda bо‘lgan 
eritma hajmi. 
Agar koordinatsion birikma eritmada faqat ikkita ionga disotsilansa, μ
≌ 
100 Om
-1
·sm
3
ga yaqin bо‘ladi. 
Agar koordinatsion birikma tuzi uchta ionga dissotsilansa μ ning qiymati 
240 om
-1·
sm
3
ga teng yaqin bо‘ladi. Tо‘rtta ionga parchalanadigan koordinatsion 
birikma uchun μ = 430 om
-1.
sm
3
ga teng. Beshta ionga parchalanadigan tuzlarning 


molekulyar elektr о‘tkazuvchanligi μ = 550 om
-1.
sm
3
ga yaqin bо‘ladi. Noelektrolit 
moddalar uchun μ ning qiymati nolga yaqin. 
Bunday xulosalardan foydalanib, koordinatsion birikmalarning ichki 
sferasida qaysi ion turishini bilish va uning zaryadini aniqlash mumkin. Verner va 
Miolati kation koordinatsion birikma tarkibiga ketma – ket anionlar kiritish yо‘li bilan 
kation koordinatsion birikmadan anion koordinatsion birikmalarga о‘tilganida μ ning 
qiymati, avval, qariyb nolga qadar pasayib, keyin ortishini juda kо‘p misollarda 
kо‘rsatdilar. 
Shunday qilib, Verner nazariyasi koordinatsion birikmalarni tо‘g‘ri tushunishga 
yordam beradigan klassik nazariyadir. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin