Bu reaksiyada F
-
ioni ichki qavatda qoladi. Singdirilish mahsulotlari : mis
xloridga ammiak qо‘shilganida mis bilan ikkita xlor orasiga 4NH
3
gо‘yo «pona»
bо‘lib joylashadi :
CuCl
2
+ 4NH
3
→ [Cu(NH)
3
] Cl
2
Reaksiya natijasida xlor ionlari mis ionidan uzoqlashib, koordinatsion
birikmaning sirtqi sferasiga о‘tadi.
Ba’zi koordinatsion birikmalar borki, ularni ham biriktirish, ham
singdirilish mahsulotlari jumlasiga kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda koordinatsion
birikma tarkibidagi ligandlarning xillariga qarab barcha
koordinatsion birikmalar
quyidagi sinflarga ajratiladi :
1.
Aminat va ammiakatlar. Bular о‘zining ichki sferasida ammiak yoki
boshqa organik aminlar bо‘lgan koordinatsion birikmalardir. Bu birikmalarda
markaziy atom bilan ligandlar azot atomlari orqali bog‘langan bо‘ladi. Ammiak
molekulasining har biri bittadan koordinatsion о‘rinni egallaydi. Shuning uchun ichki
sferada bо‘ladigan ammiak molekulalar soni markaziy ionning
koordinatsion soniga
bog‘liq bо‘ladi.
Mis, nikel, kobalt kabi elementlar juda barqaror ammiakatlar hosil qiladi.
Organik aminlardan etilendiamin va piridin (S
5
H
5
N) juda kо‘p metallar
bilan komplekslar hosil qildi.
2.
gidratlar va akvakomplekslar. Anoganik moddalarda suv molekulasi
bilan birikib turg‘unligi turli bо‘lgan birikmalar hosil qilish hodisasi keng tarqalgan.
Ichki va sirtqi qavatida suv molekulalari tutgan koordinatsion birikmalar g i d r a t l a r
deb nomlangan. Agar suv molekulasi koordinatsion birikmalarda ligandlik vazifasini
bajarsa, bunday birikmalarni a k v a – k o m p l ye k s l a r deb ataladi.
Tuzlar
gidratlarining kristall panjarasida suv molekulalari joylashib qoladi ; buning ikkita
sababi bor : birinchisi – ion dipol tortilishi bо‘lib, ikkinchisi – mustahkam vodorod
bog‘lanishning mavjudligidir. Suv molekulalari ba’zi kristallgidratlarda kristall panjara
bо‘shlig‘ini tо‘latib, modda
tuzilishini mustahkamlaydi ; aks holda, panjarada katta
kation yoki anion borligi sababli kristall oson yemirilib ketadi. Masalan, FeSiF
6
· 6H
2
O
va Na
2
XeO
6
· 8H
2
O barqaror kristallgidratlar jumlasiga kiradi,
lekin FeSiF
6
va
Na
4
XeO
4
suvsiz holda mavjud emas. Bunga sabab katta zaryadli anion (masalan, SiF
6
2-
) bilan xuddi о‘zidek ikkinchi anion (masalan: yana SiF
6
2-
) orasidan itarilish kuchi
yuzaga keladi; shuning uchun kristall panjara suv molekulalari bо‘lmagan sharoitda
barqaror
kristall
panjara
hosil
bо‘lmaydi.
Kristallgidrat
tarkibidagi suv
molekulalarining hammasi metall ionni qurshab olmagan hollarda ham, bu molekulalar
vodorod bog‘lanish hosil bо‘lishida ishtirok etadi. Masalan, kristall holdagi mis (II) –
sulfat pentagidratida (CuSO
4
· 5H
2
O) bitta mis atomiga 5 molekula suv tо‘g‘ri keladi,
ulardan faqat 4 tasi metall atrofida koordinatsiyalangan, beshinchi suv molekulasi 2 ta
vodorod bog‘lanish orqali 2 ta suv molekulasi bilan birikadi.
Kо‘pchilik kristallgidratlarda uchraydigan suv molekulalarining soni 2, 4,
6, 7, 8, 10 va 12 ga teng bо‘lgan hollar kо‘p uchrab turadi. Bu qatordan kо‘rinadiki
kristallgidratlarda suv molekulalarining soni markaziy ionning koordinatsion soniga
teng bо‘lavermaydi.
Kristallgidrat yoki koordinatsion qavatga joylashgan suv molekulalarining
qizdirishga munosabati turlicha, koordinatsion qavatdagi suv molekulalarining bug‘
holga о‘tishi uchun talab etiladigan temperatura gidratlangan holatdagi suv (105 – 115
0
S) ga nisbatan yuqori temperaturani talab etadi. Birikmalardagi bunday suv
molekulalari farqini kimyoning termoanaliz sohasi о‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: