Biologik faol kompleks birikmalar


Koordinatsion birikmalarni olish



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.05.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#118597
1   2   3   4   5   6   7
Biologik faol kompleks birikmalar Xalillayev M.I.

Koordinatsion birikmalarni olish.
Koordinatsion birikmalar olishda quyidagi sintez usullar idan foydalaniladi : 
1) 
Muvozanatli va 2) genealogik sintezlar. 
M u v o z a n a t l a r sintezda asosiy rolni termodinamik munosabatlar bajaradi. 
Bunda «mahsulotlar» energetik manfaat jihatidan dastlabki moddalardan kо‘ra 
afzalroq bо‘lishi kerak. Bunda reaksiyalarning mexanizmi ikkinchi darajali 
hisoblanadi, ba’zan «mahsulotlarning» tuzilishi dastlabki moddalarning tuzilishidan 
umuman boshqacha bо‘lishi mumkin. 
Muvozanatli sintezni olib borish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak. 
1. 
Koordinatsion birikma hosil bо‘lish muvozanat jarayonini ta’minlash 
uchun zaruriy harorat va boshqa sharoitlar tanlash ; 


2. 
Muvozanatni mahsulotlar hosil bо‘lish tomoniga qarata siljitish choralarini 
izlash ; 
3. 
Zaruriyat bо‘lsa, dastlabki moddalar energiyasini imkoni boricha oshirish ; 
4. 
Agar koordinatsion birikma hosil qilish jarayoni mahsulotni saqlash 
mumkin bо‘lmagan sharoitda amalga oshirilgan bо‘lsa, «muvozanatni yaxlatish» usuli 
tanlanadi. 
G ye n ye a l o g i k sintezda mahsulotning tuzilishi dastlabki moddalar 
tuzilishiga о‘xshash bо‘ladi. Bunda reaksiya mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Bu 
holda ham mahsulotning energetik jihatdan afzalligi imkoni boricha о‘z kuchini saqlab 
qoladi. 
Genealogik sintezlarni о‘tkazishni ham dastlabki moddalar kattaroq 
energiyaga ega bо‘lishiga, harorat tanlashga, yaroqli katalizator ishlatishga, reaksiya 
mahsulotini saqlab qolish sharoitini tanlashga e’tibor beriladi. Ikkala usulda ham 
mahsulotni tozalash, uni ajratib olish, kimyoviy analiz qilish kabi ishlarni tо‘liq 
bajarish talab qilinadi. Sintez ishining barcha bosqichlarini taftish etib borishda fizik – 
kimyoviy izlanish usullari, qisqa tо‘lqinli spektroskopiya, yadro magnit rezonans 
(YAMR) usullari katta yordam beradi. 
Muvozanatli sintezda Gibbs energiyasining о‘zgarishi manfiy qiymatga 
ega bо‘lishi kerak. Bu yerda : K
m
― reaksiyaning muvozanat doimiysi, n
1

stexiometrik koeffitsentlar ; Ci ― i moddaning konsentratsiyasi. Le Shatelye qoidasiga 
muvofiq, temperatura kо‘tarilganda endotermik reaksiya mahsulotlarining unumi 
ortadi ; bosim oshirilganda hajm kamayadigan tomonga yо‘nalgan reaksiya 
mahsulotlari unumi ortadi ; dastlabki moddalar konsentratsiyasi oshirilganda 
koordinatsion birikmalarning hosil bо‘lishi kuchayadi. Yana shuni aytib о‘tishimiz 
kerakki, bunday koordinatsion birikmalar hosil qilishda berilgan moddalarning bir – 
birida eruvchanligini tekshirish natijalaridan va moddalar sistemasining holat 
diagrammasidan keng foydalaniladi. Bunday diagrammalarga asoslanib, koordinatsion 
birikmaning hosil bо‘lishidagi konsentratsiyalar sohasi aniqlanadi. Masalan, ZnCl
2
― 
glitsin (NH
2
CH
2
COOH) va suvdan iborat sistemaning 50
0
dagi eruvchanlik 


diagrammasiga asoslanib, bu sistemada uchta birikma : ZnCl
2
· NH
2
CH
2
COOH, 
ZnCl
2
· 2NH
2
CH
2
COOH va ZnCl
2
· 3NH
2
CH
2
COOH hosil bо‘lishi aniqlangan. 
Koordinatsion birikmalar hosil qilishni ma’lum temperatura sharoitida 
amalga oshirishda kо‘pincha termogravimetrik tekshirish (ya’ni sistemadan yengil 
uchuvchan ligand chiqib ketishi tufayli modda massasining vaqt va temperatura ortishi 
bilan kamayishini aniqlash) natijalaridan ham foydalaniladi. 
Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun misollar. 
1. 
Suvsiz tuzlar (CuSO
4
, NiSO
4
, CoCl
2
) suv bilan о‘zaro ta’sirlashganida
kristallgidratlarga (masalan, CuSO
4
· 5H
2
O, NiSO
4
· 7H
2
O, CoCl
2
· 6H
2
O) aylanadi. 
Bu tuzlarning suvdagi eritmalarida [Cu(H
2
O)
4
]
2+
, [Ni (H
2
O)
6
]
2+
va [Co(H
2
O)
6
]
2+
tarkibli kompleks ionlar mavjud. 
2. 
Al
3+
, Cr
3+
, Sn
2+
, Zn
2+
, Pb
2+
va Co
2+
ionlarining tuzlari eritmasiga alohida 
– alohida probirkalarda ozginadan NaOH eritmasi qо‘shilganda eritmada metallarning 
gidroksidlari chо‘kmaga tushadi. Probirkalarga mо‘l miqdorda NaOH eritmasi quyib 
chо‘kmalarni eritiladi, natijada har bir eritmada [Al(OH)
6
]
3-
,[Cr(OH)
6
]
3-
, [Sn(OH)
4
]
2-

[Zn(OH)
4
]
2-
, [Pb(OH)
4
]
2-
, [Co(OH)
4
]
2-
tarkibli gidrokso koordinatsion birikmalarning 
ionlari
hosil 
bо‘ladi.
3. 
Cu
2+
, Zn
2+
va Ni
2+
tuzlari eritmasiga konsentrlangan ammiak eritmasidan 
qо‘shiladi. Hosil bо‘lgan metall gidroksidlar mо‘l miqdordagi ammiak eritmasida 


eritiladi. Natijada [Cu(NH
3
)
4
] (OH)
2
, [Zn (NH
3
)
6
] (OH)
2,
[Ni(NH
3
)
6
] (OH)
2
tarkibli 
birikmalar hosil bо‘ladi. 
4. 
Ikki idishdagi Zn
2+
va Cd
2+ 
tuzlarining eritmalariga Na
2
SO

ning
konsntrlangan eritmasidan bir necha tomchi solib ZnSO
3
va CdSO
3
larning 
chо‘kmalarini hosil qilinadi. Sо‘ngra ikkala probirkaga mо‘l miqdorda Na
2
SO
3
eritmasini qо‘shsak, [Zn (SO
3
)
2
]
2-
va [Cd(SO
3
)
2
]
2-
tarkibli koordinatsion birikmalarning 
ionlari hosil bо‘ladi. 
Odatda koordinatsion birikma hosil bо‘lishini eritma rangi yoki moddalar 
eruvchanligining о‘zgarishi orqali kuzatish mumkin. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin