Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

B
2
 vitaminning ozuqa preparati. 
Vitamin B2–riboflavin kimyoviy tabiatiga ko‘ra azot 
asosli 6,7– dimetilizaalloksazin, D- ribit spirti qoldig‘i saqlovchi birikmadir.
Bu vitamin oksidlanish-qaytarilish fermentlari faol guruhlari flavinmono-nukleotid 
(FMN) tarkibiga kiradi.Shuning uchun ham organizimda bu vitamin etishmaganda 


oksidlanish - qaytarilish jarayonlari susayib ketadi. Bu vitaminni cho‘chqalarga berish 
meyoriy 2 – 7 mg, har bir kilogram quruq ozuqaga qo‘shib beriladi. Hayvonlarga ozuqa 
sifatiga ilatilib kelinayotgan ssimlik mahsulotlarida V2vitaminni miqdorijuda ham kam. V12 
vitaminini har-hil taksomik guruhga kiruvchi mikroorganizmlar – bakteriyalar, achitqi 
zamburug‘lar, aktinomitsetlar sintez qiladilar, ba’zi- bir shtammlar 1 m kultural suyuqlikga 
1mg gacha V12vitamini sintez qilaoladilar. 
Oziqa riboflavinni produtsenti Eremthecium ashbyii achitqi zamburug‘ini seleksiya 
qilib tayyorlangan shtammi hisoblanadi. Riboflavin achitqi xujayralarini vakuolalarida 
to‘planib, mikroorganizimga o‘ziga xos bo‘lgan sariq rang beradi. Katta hajmda ishlab-
chiqarish uchun alohida tarkibga ega bo‘lgan suyuq ozuqa muhiti tayyorlanadi ekuv 
materiallari esa maxsus uskunalarda (kichikroq fermentlar) o‘stiriladi. 
Ozuqa muhiti tarkibiga kerakli miqdorda soya uni, makkajo’xori ekstrakti, bo‘r 
(SaSo
3
), gidrol, Shakar, K
2
NOR
4
, NaCl va boshqa makro va mikroelementlar qo‘shiladi. 
Fermenterga yuborilishdan oldin ozuqa muhiti sterilizatsiya qilinadi. Ekuv materiali sifatida 
Eremothecium ashbyii ni tariqda o‘stirilgan sporolari ishlatiladi. 
Yuvilgan tariq bo‘kish uchun 30-35 minut davomida sut zardobida ushlab turiladi
keyin quritilib, 50-60 grammdan sterilizatsiya qilingan flakonlarga solinadi. Flakonda tariq 
uch marotaba sterilizatsiya qilinadi va undan keyin achitqi zamburug‘i suvdagi susbenziyasi 
bilan eqiladi va 7-8 kun davomida 29-30
o
s inkubatsiyaga qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan vaqt 
oshgandan keyin va kuum- qurutgichda sekin quritilib, suyuq ekuv materiallari tayyorlashga 
yuboriladi. 
Riboflavin olish uchun produtsent 28-30
0
C da 72 soat davomida o‘stiriladi. Har 8 
soatda mikrob xujayralarini, ozuqa muhiti tarkibini va hosil bo‘lgan vitaminni nazorat qilib 
boriladi. 
Tayyor kultural suyuqlik fermentatsiya oxirida, 5% quruq modda va 14 mg/mg 
riboflavin saqlashi kerak. Quritish jarayonida bu vitaminni mo‘tadillashtirish maqsadida 
kultural suyuqlik xlorid kislotasi bilan pH 4,5-5,0 gacha nordonlashtiriladi, undan keyin 
vakuum-bug‘latgich uskunasida konsentrlashtiriladi. Olingan konsentrat odatda, 5,6 mg/ml 
vitamin V2 va 20% quruq modda saqlagan bo‘ladi. quyultirilgan vitamin konsentrati purkab 
qurutgich uskunasida, namligi 5-10% qolgunga qadar quritiladi. Keyin kepak va makkajo‘xori 
bilan aralashtirilib, 20 grammdan polietilen paketchalarga solib chiqiladi va bu paketchalarga 
qog‘oz qopcha solib, tegishli etiketkalar bilan jihozlantiriladi. Tayyor mahsulotda vitaminni 
miqdori1% dan kam bo‘lmasligi kerak. Tayyor mahsulotni saqlash davri 1 yil. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin