eritmasining sekin qizdirilishi hamda glyukoizomeraza fer-mentining ta’siri yordamida
amalga oshirish mumkin.
Glyukoza - fruktoza qiyomini olish uchun dastlabki xom ashyo sifatida asosan
makkajo‘xori kraxmali qo‘llaniladi. Uning tarkibida aralashmalar eng kam miqdorda bo‘lishi,
oqsil miqdoriesa 0,4% dan oshmasligi, Shu jumladan eriydigan oqsillar ko‘pi bilan 0,05%
bo‘lishi kerak.
Glyukoza - fruktoza qiyomlari bolalar ovqati va parhezbop ovqatlar, non bulka
mahsulotlari, muzqaymoq, kremlar, pirojnoe va tortlar va boshqalarni ishlab chiqarishda keng
qo‘llaniladi.
O‘zining xossalari bo‘yicha bunday qiyomlar invert qiyomiga yaqin-dir. Oddiy
qandlarning, ayniqsa, fruktozaning ko‘p miqdorda bo‘lganligi sababli bunday qiyomlarning
qo‘llanilishi yuqori sifatli qandolat mahsu-lotlari olinishiga sabab bo‘ladi: ular uzoq muddat
davomida sifatini o‘z-gartirmaydi va qotmaydi. Glyukoza-fruktoza qiyomlarida tayyorlangan
non-bulka mahsulotlari Yuzasining rangi to‘qroq va yoqimli bo‘ladi. Fruktoza miqdori 90%
bo‘lgan qiyom qo‘llanilganda qiyomning o‘ta shirin tamga ega bo‘-lishi va Shu sababli
retsepturadagi qand miqdorini kamaytirish tufayli past kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlari
olinadi. Glyukoza-fruktoza qiyomlari jem va konservalar tayyorlashda ham qo‘llaniladi,
bunda konserva-lardagi mevalarning xushbo‘yligi oshadi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Nima uchun oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo’shimcha mahsulotlardan foydalaniladi?
2.Oziq-ovqat mahsulotlari uchun foydalaniladigan qo’shimchalarga nimalar misol bo’ladi?
3. Pektin qanday modda, uni oziq ovqat sanoatidagi o’rni nimadan iborat.
4. Propektin haqida ma’lumotbering.
5. Amilaza va amilopektin molekulalari qanday tuzilgan.
6. Tabiiy kraxmal qaysi mahsulotlarda bo’ladi.
7. Kraxmaldan sanoatda qanday foydalanish mumkin
Dostları ilə paylaş: