Mavzu: O‘simlik xom ashyosidan biofaol moddalarni ektraksiyalash.
Amaliy mashgulotning qisqacha bayoni.
Polisaxaridlar saqlovchi о‘simliklar va ularning mahsulotlari.
Biologik faol
moddalar olish texnologiyasi fanini maxsus qismi tarkibida ma’lum bir guruh biologik aktiv
moddalar saqlovchi о‘simliklar va ularning mahsulotlarini о‘rganishga bag‘ishlangan.
Shunday guruh moddalardan biri polisaxaridlardir.
Polisaxaridlar deb - monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan yuqori molekulali uglevodlar
polimeriga aytiladi. Demak, polisaxaridlar tо‘liq gidrolizga uchrasa - monosaxaridlarga
parchalanadi.
Ma’lum о‘simlik tо‘qimasida fotosintez natijasida hosil bо‘ladigan birlamchi modda
monosaxariddir. Boshqa barcha moddalar shu hosil bо‘lgan uglevodlarning о‘zgarishi
natijasida hosil bо‘lgan ikkilamchi moddalar hisoblanadi.
Polisaxaridlar
quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
1. Kristal holidagi polisaxaridlar (oligosaxaridlar yoki qandsimon polisaxarid-lar). Ular
asosan geksoza va pentozalardan tashkil topgan kristall holidagi shirin, suvda yaxshi
eriydigan molekula og‘irligi turg‘un bо‘lgan moddalardir.
2. Yuqori polisaxaridlar (qandsimon bо‘lmagan polisaxardlar). Bular shirinmas, suvda
erimaydigan yoki suvda erigan holda kolloid eritma hosil qiladigan yuqori molekulali
birikmalar - polimerlaridir.
3. Pektin moddalar. Bular uglevodlardan galakturon kislota qoldiqlarini о‘zaro 1>4 glikozid
tipida birikkishidan bо‘lgan polimerdir.
Ularning molekulyar massasi 200.000 ga yaqin. Suvda eriydi, eritma sovutilsa quruq massa -
jelega aylanadi.
Dostları ilə paylaş: