Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

 


2. Ozuqa lipidlari. 
Oqsil, karbonsuv va vitaminlardan tashqari qishloq xo‘jaligi 
hayvonlari ozuqalarining ajralmas qsimi lipidlar hisoblanadi. Lipidlar tarkibiga to‘yinmagan 
yog‘ kislotalari kirib ular hayvon organizmida sintez bo‘laolmaydilar, Shunday ekan 
organizmni meyorida o‘sib, rivojlanishida faol ishtirok etuvchi bu moddalar ozuqa tarkibida 
bo‘lishlari kerak. To‘yinmagan yog‘ kislotalar xujayra membranasini hosil bo‘lishida ishtirok 
etadilar. Ular etishmaganda hayvonlarni etilish tezligi susayadi, ularni reproduktiv xususiyati 
to‘xtaydi, organizmni infeksiyaga bo‘lgan qarshiligi pasayadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlari 
uchun almashmaydigan yog‘ kislotalarini asosiy manbai bo‘lib o‘simlik mahsulotlari xizmat 
qiladilar. Ammo, o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar tarkibida yog‘larni miqdorijuda ham 
kam bo‘ladi, bo‘lganda ham ularni yog‘ kislota tarkibi nomuvofiq bo‘lib, ozuqani 
ozuqaboplik bahosini tuShuradi. Ozuqadagi mana Shu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun 
almashmaydigan yog‘ kislotalar sintez qiluvchi yangi manbalar axtarib topish, ularni asosida 
yog‘ kislotalari konsentratsiyasini tayyorlashva ishlatish biotexnologiyasining asosiy 
vazifalari jumlasiga kiradi. Tajribalar Shuni ko‘rsatadiki, bunday manbalar vazifasini achitqi 
va mikroskopik zamburug‘lar bajara olar ekan. Bunday mikroorganizimlar odatda xujayra 
ichida lipid saqlasalarda, ularni orasida sintez bo‘lgan lipid moddalarini xujayra atrofiga- 
oziqa muxitiga sekretsiya qilganlari ham uchrab turadi. Mikroorganizimlarni ba’zi-bir 
shtamlarining xujayralarida lipidlar miqdori25% dan 70% gacha (quruq massa hisobidan) 
oladi. 40-90% triatsilglitserinlar (yog‘lar bo‘lsa), 5-50% esa fosfolipidlar tashkil etadi. 
Bundan tashqari lipidlar tarkibida asosan ergosterindan iborat steriod moddalar (1,0-1,5% 
quruq massadan), ham saqlanadi, ular esa hayvon organizmida D
2
vitaminiga aylanadilar. 
Achitqi va mitselial zamburug‘larning lipid kompopentlarini yog‘ kislota tarkibi 
asosan muvofiq bo‘lib, ulardan ko‘prog‘ini olein kislotasi (uliy yog‘ kislotalarni 20-50%), 
linol (50% gacha), linolen (17-19%) kislotalari hamda hayvon organizmida qiyin so‘riladigan 
kislotalar (oksikislotalar, toq sonli uglerod atomi saqlaydigan kislotalar yoki tarqalgan zanjirli 
kislotalar) tashkil etadi (14-jadval). Achitqi zamburug‘larni Rhodotorula, Lipomyces, 
Cryptococcus avlodiga mansub shtammlari ko‘proq miqdorda (quruq massadan 50-60 %) 
lipid saqlaydilar. Candida avlodiga mansub mikroorganizmlar ozroq (20-40 %) lipid 
saqlasalarda, tez o‘sib, rivojlanishlari bilan ajralib turadilar. Mikroskopik zamburug‘lar 40-50 
% gacha oliy navi lipid sintez qilishlari mumkin. Bu lipidlarni yog‘ kislota tarkibi o‘simlik 
yog‘inikiga o‘xshab ketadi. 
12-jadval. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin