Biologiya – 60110900 Temirova Diyora Xayrulla qizi


«Evolyutsiya» ni o’rganish usullari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/8
tarix06.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#125915
1   2   3   4   5   6   7   8
1.2. «Evolyutsiya» ni o’rganish usullari

«Evolyutsiya» ni o’rganishda quyidagi usullardan foydalaniladi:


taqqoslash usuli,
palentologik usullar,
morfoologik usullar,
biogeografik usullar,
genetik usullar,
populyatsion-statistik usullar,
embriologik usullar,
ekologik usullar,
bioximiya va molekulyar biologiya usullari,
evolyutsiyani modellashtirish usuli
etologik usul va boshqalar.
Bu usullar ichida taqqoslash usuli asosiy usul hisoblanadi. Chunki taqqoslash orqali turli organizmlarni o’zaro qon-qardoshligini aniqlash mumkin. Ayniqsa gomologik organlarni solishtirish, embrionlarni taraqqiyotini qiyosiy o’rganish tekshirilayotgan organizmlarni evolyutsiyasi aniqlashda muhim rol o’ynaydi.
Makroevolyutsiya jarayonini tadqiq qilishda palentologiya fani yutuqlaridan keng foydalaniladi. Palentologik usullar qazilma holdagi topilgan o’simlik va hayvon qoldiqlarini o’rganib, turli organizmlar o’rtasida oraliq formalar bor-yo’qligini, ma’lum guruh organizmlarning filogenetik qatorlari tuzilishi, topilgan qoldiqlarda u yoki bu belgining paydo bo’lish va rivojlanishini taxlil qilish imkoniyatini yaratadi. Olingan ma’lumotlar qadimgi zamonlarda Er yuzining ayrim qismidagi ekosistemani modellashtirish va uni o’zgarib borishi sabablarini aniqlashga yordam beradi.
Biogeografik usullar esa evolyutsion jarayoni borishni turli darajalarda o’rganish imkonini tadqiqotchilar qo’liga beradi. Turli kontinentlar flora va faunasini taqqoslash, relikt turlarni tarqalishini taxlil qilish, okeanlardagi orollar o’simlik va hayvonot dunyosini o’ziga xosligini o’rganish makroevolyutsion jarayonlar bilan birga mikroevolyutsion jarayonlarni to’g’ri anglashga yordam qiladi.
Evolyutson jarayoni to’g’ri baholashda ekologiya (tashqi muhit va organizmlar orasidagi munosabatlar), genetika (kariotip, poliplodiya, duragaylash), bioximiya va molekulyar biologiya (nuklein kislota, oqsillar tuzilishi), embriologiya (embrionlar taraqqiyoti) va boshqa fanlar usullaridan ham foydalaniladi. Yuqoridagi usullarning xilma-xilligidan ham ko’rinib turibdiki, «evolyutsion ta’limot» da biologiya fanlarning sintezi namoyon bo’ladi.
Darvininzm fan sifatida boshqa biologiya fanlari to’plagan dalillarni yig’ish va umumlashtirish, xulosalash bilan cheklanibgina qolmay, balki o’zi ham fan sifatida turli muammolarni o’rganadi.
Ular quyidagilardir:
hayotning paydo bo’lish va rivojlanishi,
evolyutsiya jarayoning shart-sharoitlarini o’rganish,
evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlarini o’rganish,
tur va turlar paydo bo’lishi,
antropogenez masalasi,
evolyutsiya jarayonini boshqarish masalalari.
Ushbu muammolar faqat evolyutsion ta’limot kursidagina taxlil qilinadi. Hayotni paydo bo’lishi to’g’risidagi gipotezalar, hayotga berilgan ta’riflar to’g’risida fikr yuritiladi. Tabiatda boradigan evolyutsion jarayon yashash sharoiti bilan bog’liq holda uzviy o’zgarishga uchrab borishi faqat moslashgan o’simlik va hayvon vakillarini saqlanib qolishi isbotlab beriladi. Ayniqsa evolyutsion harakatlantiruvchi kuchlarini ajrata olish muximdir. Bu mavzular evolyutsion ta’limot kursida katta qismni egallaydi. Tur va tur xosil bo’lishi, antropogenez, odamning kelgusidagi evolyutsiyasi ushbu fanning dolzarb masalalari sanaladi. Evolyutsion jarayonni boshqarishga erishish esa er sharida turli ekologik muammolarni oldini olgan bo’lar edi.
«Evolyutsion biologiya» biologik fanlar sistemasidan tutgan o’rnini o’zakka tenglashtirish mumkin. Shuning uchun ham darvinizm kursi biologiya fanlariga nazariy asos deb hisoblanadi. U o’z mazmuniga ko’ra sintetik harakterga egadir. «Darvinizm» kursi genetika, rivojlanish biologiyasi, morfologiya, fiziologiya, ekologiya, palentologiya, geografiya, geologiya, sistematika, bioximiya, mikrobiologiya va boshqa biologik fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. U bir tomondan, biologiya fanlari (xususiy biologiya fanlari) to’plagan dalillarni xulosalab, umumbiologik qonunlar yaratsa, 2-chi tomondan, bu qonunlar biologiyaning anatomiya, morfologiya, botanika, zoologiya, embriologiya va shu kabi soxalarni rivojlanishi uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Buyuk rus olimi K.A.Timiryazov «o’simliklar va hayvonlar hayoti to’g’risidagi fanlar faqat evolyutsion ta’limot asosida ijobiy rivojlanishi mumkin» degan edi.
Bunday tashqari Yerning biosfera qatlamiga insonning aralashuvini oldindan ko’ra bilish, uning natijalarini ayta olish, Erda evolyutsion jarayonini borishini ma’lum reja asosida amalga oshirish bu fanning ahamiyatini yana bir bor ko’rsatadi. Insonning rejasiz, faqat shu kun talabini qondirishga, foyda ketidan quvib, o’rmonlar, o’tloqlar va tabiat maskanlarini bo’zishi, ularni ahlatxonalarga aylantirishi, ko’plab yirik-yirik ishootlarini o’ylamay-neytmay qurishi juda ko’plab o’simlik va hayvon turlarining qiritilib ketishiga olib keldi. Tevarak-atrof muhitni turli xil zavodlar, ishlab chiqarish korxonalari chiqindilari bilan, toza suvlarimizni har xil oqava suvlari bilan, erimizni turli yadoximikatlar va parchalanishi qiyin bo’lgan ximiyaviy birikmalar bilan zaharlanishi tufayli tevarak atrofimizdagi tirik mavjudotlarga, jumladan inson sog’ligiga juda ham ko’plab zarar etmoqda. Bu masalalarni ochiq-oydin o’rganish, uning natijalarini oldindan tasavvur qilish va ayta olish faqat evolyutsion ta’limot kursining qo’lidan keladi. Chunki «U - N.I.Vavilov aytgandek, inson va atrof muhit o’rtasidagi munosabatning optimal strategiyasini tushinishga, boshqariladigan evolyutsiya printsiplarini ishlab chiqish masalalarini xal qilish» imkoniyatlarini beradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin