Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
5-biologiya

Q e d u rtm _ u z
Respublika
Ta'lim Markazi
3 7 -ra sm . Qirqquloq.
3 8 -ra sm . Kahrabo toshi.
O‘simliklarning ko‘ payishi va tarqalishi sporali o ‘simliklarda spo- 
ra orqali, urug‘ li o ‘simliklarda esa urug‘ orqali amalga oshadi. 
Urug‘ li o ‘simliklar ochiq urug‘ li va yopiq urug‘ li o ‘simliklar bo‘ limini 
o ‘z ichiga oladi.
O chiq u r u g ‘ li o ‘ sim lik la rg a archa, qarag‘ay, qoraqarag‘ay, 
sarv kabi o ‘simliklar kiradi. Ularning urug‘ i qubbada ochiq holda 
yetiladi. Ochiq urug‘ li o ‘simliklarda urug‘chi qubbada tuxum hujay­
ra, changchi qubbada chang donachasi yetiladi. Chang donachasi 
shamol yordamida tarqalgani uchun urug‘ lanish jarayonida suv 
ishtirok etishi shart emas. Shu y o ‘ l bilan urug‘ li o ‘simliklar suv 
kam sharoitda yashashga moslashgan.
Ochiq urug‘ li o ‘simliklar poyasi shikastlansa, o ‘zini himoyalash 
uchun smola ajratadi. Suyuqlik ichiga tushib qolgan hasharot 
o ‘zgarmasdan saqlanadi. Smola yillar davomida qotib, kahrabo 
toshiga aylanadi (38-rasm). Bu tosh zargarlikda keng q o ‘ llaniladi.
Ochiq urug‘ li o ‘simliklar bargidan bakteriyalarni o ‘ ldiruvchi m od­
da - fitonsid ajraladi. Shu sababli shifoxona va dam olish mas- 
kanlariga ko‘ plab ochiq urug‘ li o ‘simliklar ekiladi va nafas y o ‘ li 
kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
A rc h a - b o ‘yi 20 metrgacha yetadigan, barglari tangachaga 
aylangan ko‘ p yillik o ‘simlik (39-rasm). Juda sekin o ‘sadi, ming 
yil yashaydi. Barglari galma-galdan yangilanganligi sababli doimo 
yashil rangda. Kam suv b u g ‘ latish uchun tashqi tomondan mum 
bilan qoplangan. Urug‘ lari yordamida ko‘ payadi. Urug‘ lari qubba-
45


mevalarda yetiladi. Tabiiy holda to g ‘ larda o ‘rmon hosil qilib o ‘sadi. 
Mustahkam ildizlari bilan tuproqqa birikib, to g ‘ni yemirilishdan as- 
raydi. Manzarali o ‘simlik sifatida virgin archasi, sharq sauri, tuya 
archasi ko‘ plab ekiladi.
Q a r a g ‘ ay - b o ‘yi 3 0 -4 0 m ga yetadigan y o ru g ‘sevar daraxt 
(40-rasm). Barglari ninasimon, uzunligi 5 - 7 sm. Q arag‘aynikiga 
o ‘xshash ninasimon bargga ega o ‘simliklar ninabargli o'sim liklar 
deyiladi. Qubbasi qattiq, y o g ‘ochsimon. Namlik yuqori b o ‘ lganda 
qubba tangachalari yopilib, u ru g ‘ ni himoya qiladi. Havo quruq 
b o ‘ lganda tangachalar ochilib, qanotchali mevalari shamolda 
uchib ketadi. Qulay sharoitga tushgan u ru g ‘dan yosh nihol ri- 
vojlanadi. Qarag‘ay archaga nisbatan tez o ‘ sadi. Poyasida smola 
b o ‘ lganligi sababli undan yasalgan qutilar mustahkam va pi- 
shiq b o ‘ ladi. Y og‘och poyasidan qurilishda, q o g ‘ oz tayyorlash­
da keng foydalaniladi. Ninabarglarida efir moylari va fitonsid 
m odda b o ‘ lgani uchun bodni davolashda, asabni tinchlantirishda 
q o ‘ llaniladi.
Y opiq u r u g ‘ li o ‘ s im lik la r o ‘simliklar dunyosida eng yosh va 
keng tarqalgan organizmlar hisoblanadi. Yopiq u rug ‘ li o ‘simliklar- 
ning urug‘ i meva ichida, yopiq holda yetiladi. Ular gul hosil qilgani 
uchun gulli o'simliklar deb ham nomlanadi. Bu b o ‘ limga kiruvchi
edurtm_uz
3 9 -ra sm . Archa daraxtining 
4 0 -ra s m . Qarag‘ayning qubbali 
qubbali shoxi. 
shoxi.
46



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin