Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
5-biologiya

q a t t a n a
yoki tallom (organlarga b o ‘ linmagan tana) 
deb ataladi.
Barcha suvo‘tlar xrom atoforga ega. Xrom atoforda pigment 
joylashgan bo‘ ladi. Suvo‘tlar tarkibidagi pigm ent (rang beruvchi 
m odda) turiga k o ‘ ra qizil, yashil, q o ‘ n g ‘ ir suvo‘tlarga b o ‘ linadi. 
Bir hujayrali suvo‘tlarga xlorella va xlamidomonada; ko‘p hujayrali 
suvo‘tlarga ulotriks, spirogira, porfira, laminariya misol b o ‘ ladi.
X lo r e lla - sharsimon yashil suvo't 
(29-rasm). 
Kosachasimon xromatofori- 
da yashil xlorofill pigmenti joylashgan. 
Yorug‘ lik ta’ sirida xrom atoforda organik 
moddalarni sintezlab avtotrof oziqlanadi. 
Suvni kislorodga boyitadi. Oqsilga boy 
b o ‘ lganligi sababli chorva mollari uchun 
ozuqa sifatida ishlatiladi.
X la m id o m o n a d a - yadro va qisqa­
ruvchi vakuolga ega yashil suvo‘t. Qizil 
ko‘zchasi yo rug‘ likni sezadi. Xivchinlari 
yordamida yo rug‘ likka qarab harakatla-
edurtm_uz
2 9 -ra s m . Xlorella.
1 - sitoplazma; 2 - xroma­
tofor; 3 - yadro;
4 -hujayra qobig‘i.
40


Q e d u rtm _ u z
Respublika
Ta'lim Markazi
nadi. Kosachasimon xromatoforida yashil xlorofill pigmenti b o ‘ lishi 
bilan xlorellaga o ‘xshaydi. Ortiqcha ozuqani hujayrasida to ‘playdi. 
Xlamidomonadani akvarium 
devorida ham 
uchratish mumkin. 
Bu suvo‘tdan ifloslangan suv havzalarini tozalashda foydalaniladi 
(30-rasm).
U lo tr ik s - xromatofori belbog‘ shaklida joylashgan ko‘ p hujay- 
rali yashil ipsimon suvo‘t (31-rasm). Tallomi shoxlanmaydi, rizoidi 
orqali suv tubiga birikadi. Rizoid - yunoncha ildizga o ‘xshash degan 
ma’ noni anglatadi, tuzilishi bo‘yicha ildiz tukchalariga o ‘xshaydi. 
Ulotriks qulay sharoitda jinssiz, noqulay sharoitda jinsiy ko‘payadi. 
Jinssiz ko‘payganda to ‘rt xivchinli zoospora hosil qiladi. Zoospora- 
lar xivchinlari yordamida suzib, uzoqroqqa borib o ‘rnashadi. Undan 
yangi ulotriks ipi o ‘sib chiqadi. Jinsiy ko‘ payishi ikki xivchinli 
i z o-
gametalar orqali amalga oshadi. Izogametalar bir-biriga o ‘xshaydi. 
Ikkita izogameta q o ‘shilib zigota hosil qiladi. Zigota qalin p o ‘st 
bilan o ‘ralib tinim davrini o ‘taydi. Qulay sharoitda to ‘rtta hujayraga 
bo‘ linadi. Har bir hujayradan yangi ulotriks ipi rivojlanadi.
S p ir o g ir a - rizoidsiz ko‘ p hujayrali suvo‘t (32-rasm). Chu- 
chuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo‘tlar bilan birga «baqa 
to ‘ nlarni» hosil qiladi. Tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan 
o ‘ ralgan. Xrom atofori spiralsimon buralgan. Spirogira baliq va ba-
3 0-rasm . Xlamidomonada.1- xivchin;
2 - qizil ko‘zcha; 3 - hujayra qobig‘i; 
4 - xromatofor; 5 - yadro; 6 - sitoplazma; 
7 - qisqaruvchi vakuol.
3 1 -ra s m . Ulotriks.
1 - yadro; 2 - xromatofor; 
3 - sitoplazma.
41


qalarning harakati, suv oqimi ta ’ sirida 
tallomining b o ‘ laklarga b o ‘ linishi nati- 
jasida ko‘ payadi.
P o rfira - qizil suvo‘t b o ‘ lib, tallo­
mi bir qavat hujayralardan iborat (33- 
rasm). Keng, chetlari kungurador qat- 
tananing uzunligi bir metrdan oshadi.
3 2 -ra s m . Spirogira. 
Rizoidi yordamida suv ostiga birikib 
1 - yadro; 2 - xromatofor; 
o ‘sadi. Dengizda uchraydi. Xromatofo- 
3 - sitoplazma. 
rida xlorofill pigmentidan tashqari qizil
rang beruvchi antotsian pigmenti ham 
b o ‘ ladi. Iste’ mol qilinganligi sababli «dengiz salati» deb ataladi.
L a m in a riy a - ko‘p hujayrali q o ‘ ng‘ ir suvo‘ti bo‘ lib, asosan, 
dengizda uchraydi (34-rasm). Suvo‘tning tanasi tasmasimon, rizo­
idi bilan suv tubiga birikib turadi. Tarkibida yod moddasi ko‘p uch­
raydi. Iste’ mol qilingani uchun «dengiz karami» deb ham ataladi.
Suvo‘tlar fotosintez qilishi tufayli suvni kislorod bilan ta’ minlaydi, 
suv jonivorlari uchun ozuqa hisoblanadi. Ayrim dengiz suvo‘tlaridan 
yod, brom olinadi. Xlorella va xlamidomonadadan suv havzalarini 
tozalashda foydalaniladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin