Q e d u rtm _ u z
2. Quyida berilgan hayvonlarga xos belgilarni ta’riflang.
a) yomg‘ir chuvalchangi;
b) shilliqqurt;
c) xonqizi.
5-am aliy m a s h g 'u lo t. Suvarak va
asalarining hayot siklini
o'rg a n ish .
Kerakli jihozlar. Umurtqasiz hayvonlarning hayot sikli ifodalan-
gan plakat va o‘quv filmi.
Ishni bajarish ta rtib i.
1. Suvarakning rivojlanish bosqichlarini rasmdan yaxshilab o‘r-
ganing (63-rasm).
2. Suvarakning tashqi tuzilishiga e’tibor bering.
6 3 -ra s m . Suvarakning hayot sikli: 1 - tuxumi; 2 - l ichinkasi;
3 -
voyaga yetgan hasharot; 4 - urg‘ochi suvarak;
5 - erkak suvarak.
68
3. Quyidagi matnni diqqat bilan o‘qing.
O‘simliklarda bo‘lgani kabi hayvonlarda ham hayot sikllari katta
ahamiyatga ega. Hasharotlarning hayot siklida chala va to‘liq o‘zgarish
bilan rivojlanish kuzatiladi. Chala o‘zgarish
bilan rivojlanuvchi hasha-
rotlarga suvarak, ninachi, chigirtka, termit va qandala kiradi.
Ularning
rivojlanish ketma-ketligi quyidagicha: tuxum ^lichinka^voyaga yetgan
hasharot.
Suvarak ovqat qoldiqlari bilan oziqlangani uchun oshxonada ko‘p
uchraydi. Urg‘ochisi pana joyga tuxumini qo‘yadi.
Tuxumdan chiqqan
lichinka to ‘rt marta tullab, besh yoshni o‘taydi.
Har tullaganda xitinli
po‘stini tashlab o‘sadi. Oziq mahsulotlariga tegib,
turli kasalliklar kel-
tirib chiqargani uchun suvaraklarni yo‘qotishga harakat qilinadi. Su-
varaklarning hayotini bilgan holdagina ularni xonadonlardan yo‘qotish
mumkin.
4. Yuqorida berilgan matn asosida har bir xatboshiga
qisqa sarlavha qo‘ying.
5. Asalarining hayot sikli berilgan
rasmni diqqat bilan
o‘rganing (64-rasm).
6. Rasmdagi ketma-ketlikka e’tibor bering.
Dostları ilə paylaş: