Yerda dastlab anorganik moddalardan sodda organik moddalarning sintezlanganligini isbotlashga qaratilgan bir qancha
tajribalar qilingan. Sodda organik moddalardan murakkab organik
moddalar hosil bo‘lgan. Aynan shu murakkab organik moddalardan dastlabki hayot namunalari paydo bo‘lgan.
Demak hayotning ham o‘z rivojlanish tarixi mavjud. Paleontologiya fani dalillariga asoslanib 3,5 mlrd yil avval
prokariotlar paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Eukariot hujayralar
prokariotlardan 1–1,5 mlrd yil ilgari kelib chiqqan deb, taxmin
qilinadi. Bu taxminlarni tushuntiruvchi bir qator gipotezalar mavjud.
Simbioz gipotezasi. Bu gipoteziyaga ko‘ra har xil prokariotlar
birgalikda yashashi (simbioz) natijasida eukariotlar kelib chiqqan.
Taxminlarcha asosiy xo‘jayin hujayralar amyobasimon harakatlanuvchi prokariotlar bo‘lgan. Aerob prokariotlarning bu hujayraga
kirib, asta-sekin o‘zgarishi natijasida mitoxondriyalar, yashil o‘simliklarning xloplastlari esa ko‘k-yashil suvo‘tlarining simbiontprokariotlaridan kelib chiqqan. Nazariya tarafdorlarining fikricha mitoxondriya va plastidalar ham prokariot bo‘lgan deb ta’kidlashadi. Simbiot hujayralarning genlarining qo‘shilib ketishi natijasida yadro paydo bo‘lgan. Yadro hosil bo‘lgandan so‘ng uning tashqi
membranasidan endoplazmatik to‘r, Golji kompleksi va undan
lizosoma, vakuola hosil bo‘lgan deyishadi. Haqiqatdan ham mitoxondriya va plastidaning bo‘linishi, mustaqil ko‘paya olishi, DNKsining halqasimon bo‘lishi, RNKning mavjudligi va tuzilishi bilan prokariotlarnikiga o‘xshaydi. Bundan tashqari mitoxondriya va plastidalarning ribosomalarining kimyoviy tuzilishi bilan prokariotlarnikiga o‘xshash.