25-semenar mashg’ulot Mavzu: Ekologiya.Tabiatni muhofaza qilish.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga ekologiya va tabiatni muhofaza qilish haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilishni tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning ekologiya va tabiatni muhofaza qilish haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar:Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya: Lokal darajada Atamalar zanjiri, Baliq skeleti,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Mashg’ulotning borishi. 1.Tashkiliy qism.
2.O’tgan mavzuni og’zaki savollar yordamida so’rash va baholash.
3.Yangi mavzuni o’zlashtirishga talabalar diqqatini qaratish.
Yangi mavzuning rejasi: 1.Jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqadorligi va ta’siri 2.O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish uchun amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida.
Tabiatda minerallar holida uchiaydigan tabiiy boyliklar, mineral resurslar (boyliklar) deyiladi. Hozirgi vaqtda mineral resurslarning 200 dan ortiq turlaridan xo’jalik ehtiyojlari yo’lida foydalanilmoqda. Amalda mineral resurslar tarkibida D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalida bor bo’lgan elementlarning deyarii barchasi mavjud va ular yer qa’rida foydali qazilmalar holida yotadi.
Inson juda qadim zamonlardanoq mavjud resurslardan foydalanib kelgan. Davrlar o’tishi bilan esa foydalaniladigan mineral resurslar turi va hajmi tobora ortib borgan.
Tugaydigan va tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadigan yer osti qazilma boyliklaridan foydalanish hajmi ham yildan yilga oshib bormoqda Bular ko’mir, neft, tabiiy gaz, qora va rangli metall rudalari, tog’-kimyo xomashyolari, qurilish materiallaridir. Mineral qazilma boyliklarining umumiy zaxiralari yer, qa’rida turlicha toshko’mir, neft, tabiiy gaz, qora va rangli metall rudalari, tog’-kimyo xomashyolari qurilish materiallaridir. Mineral qazilma boyliklarining umumiy zaxiralari yer qa’rida turlicha me’yorlarda mavjud. Ulardan ayrimlarining zaxiralari ancha katta bo’lsa, boshqalariniki, aksincha, ko’p emas
Mineral yoqilg`i geologik zaxiralarining umumiy prognozi 12,5 trln. tonnadan oshadi. Ushbu zaxiralar hozirgi vaqtda qazib olinishi hisobga olganda 1000 yilga yetishi kerak.Mineral yoqilg`ining asosiy qismi ko`mirdan(60% gacha), qolgani (27% ga yaqini) neft va gazdan hamda slanes va torfdan iborat
Mineral yoqilg`i geologik zaxiralarining umumiy prognozi 12,5 trln. tonnadan oshadi. Ushbu zaxiralar hozirgi vaqtda qazib olinishi hisobga olganda 1000 yilga yetishi kerak.Mineral yoqilg`ining asosiy qismi ko`mirdan(60% gacha), qolgani (27% ga yaqini) neft va gazdan hamda slanes va torfdan iborat
Jahon bo’yicha 600 dan ortiq neft va gaz havzalari aniqlangan. Hozirgi vaqtda ularning 500 ga yaqinidan neft va gaz qazib chiqarilmoqda, ishga solingan barcha konlarning umumiy soni esa 35 mingdan ortadi. Neft va gaz konlarining asosiy qismi sayyoramizning shimoliy yarim sharida joylashgan. Bular, G’arbiy Sibir, Shimoliy Amerika, Arabiston platformasining cho’kindi jinsli chekka botiq hududlari, Markaziy Osiyo Shimoliy va Markaziy Afrika va boshqalardir.
Yer inson uchun har jihatdan eng ahamiyatli tabiiy resurs hisoblanadi. Sirasini aytganda, u insonning asosiy hayot manbaidir. Chunki, aholining kundalik hayotiy ehtiyojlari vositalarining deyarli hammasi yerdan undirib olinadi. Xalq bekorga «barcha boyliklarning otasi mehnat, onasi esa yer» deb unga katta baho bermagan.
Insonning qay darajada yer resurslari bilan ta’minlanganligi imkoniyatlari jahon yer fondi va uning tarkibida o’z aksini topgan. Hozirgi vaqtda jahon yer fondining umumiy hajmi 13,4 mlrd. gektarga teng. Ammo uning tarkibi o’ziga xos, Jahon aholisi o’z tirikchiligi yo’lida to’g’ridan-to’g’ri foydalanadigan yerlar miqdori u qadar ko’p emas. Insoniyatga faol xizmat qiladigan yerlar (qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlar) jahon yer fondining 34 foizinigina tashkil qiladi.
Bular, asosan, ishlov beriladigan (II foiz) va o’tloq hamda yaylov (23 foiz) yerlardir. Bulardan ishlov beriladigan yerlar insoniyat uchun zaruriy oziq-ovqat vositalarining 88 % ini, o’tloq va yaylovlar esa 10 % ini yetkazib bermoqda. Yer fondining qolgan qismi o’rmonli (30 foiz), texnogen (shahar va qishloqlar, sanoat korxonalari, transport magistrallari, turli boshqa injenerlik inshootlari egallagan maydonlar 2 foiz) va kam foydalaniladigan yoki butunlay unumsiz yerlar (34 foiz)dir. Yer resurslarining eng qimmatli qismi ishlov beriladigan (ekin ekiladigan) maydonlar va ularning serunum tuproqlaridir.
Inson qadim zamonlardan buyon eng qulay sharoitli hududlarni o’zlashtirish, ekinzorlarga aylantirish uchun uzluksiz harakat qilib keldi. Birgina XX asr davomida ishlov beriladigan maydonlar hajmi dunyo bo’yicha ikki baravarga kengaytirildi. Qo’riq yerlarni o’zlashtirish, botqoqli va zaxkash yerlarm ishga solish, cho’l yerlarga suv chiqarish yo’li bilan ekin maydonlarini kengaytirish ishlari, ayniqsa, AQSh, Kanada, Avstraliya, Rossiya, Qozog’iston, Xitoy, Braziliya, O’zbekiston kabi davlatlarda keng ko’lamda olib borildi. Hozirgi vaqtda ishlov beriladigan asosiy maydonlar aynan ana shu davlatlarda joylashgan.
Shunday qilib, insoniyat o’zini iste’mol vositalari bilan boqib kelayotgan yer maydonlarini kengaytirishga urinib keldi va bu borada katta siljishlarga erishdi, bu bir tomondan, ikkinchi tomondan, katta qiyinchiliklar hisobiga o’zlashtirilgan bunday yerlar asta-sekin ishdan ham chiqib ketmoqda. Eng awalo, insonning ehtiyotsizligi tufayli yuz beradigan eroziya jarayoni har yili 6 —7 mln. gektar qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlardan mahrum qilmoqda. Yerlarning botqoqlanishi va sho’r bosishi oqibatida esa yana 1 — 1,5 mln. gektar ekin maydonlari ishdan chiqmoqda .Foydalanib kelinayotgan yerlarning taqdiriga tobora zo’rayib borayotgan cho’llashish jarayoni katta xavf solmoqda. U o’nlab davlatlardagi eng unumdor yerlarni o’z domiga tortmoqda. Bunda, ayniqsa, Sahroyi Kabir, Namib, Atakama, Tar kabi cho’llar «faollik» ko’rsatmoqda. Keyingi o’n yilliklarda Orol dengizining tobora qurib borishi natijasida tezlashayotgan cho’llashish jarayoni tufayli Qizilqum va Qoraqum cho’llari tobora kengayib, ular orasida yangi cho’l — Orolqum yuzaga kelmoqda.
Demak, yer resurslaridan foydalanish imkoniyatlari va ular bilan bog’liq bo’lgan turli jarayonlar quyidagi xulosalarni chiqarishga olib keladi: 1) ishlov beriladigan maydonlarni uzluksiz kengaytirib borish tobora qiyinlashmoqda; 2) yerning turli yo’llar bilan oborotdan chiqib ketayotganligi sababli yer bilan ta’minlanganlik darajasi pasayib bormoqda; 3) yerdan ehtiyotkorlik bilan tejab-tergab foydalanish talab etiladi.