3-masala. Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibini belgilovchi genning tarkibidagi to’qqizinchi va o’n ikkinchi nukleotidlar kimyoviy yo’l bilan olib tashlansa, bu oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
9 12
A S U A S G S A A A U A S G S → A S U A S G S A A U S G S
4-masala. DNK molekulasida kodlangan quyidagi nukleotidlar tartibidan iborat axborot oqsil molekulasidagi monomerlarning qanday tartibini belgilaydi?
T S T S S S A A A A A G A T A
Agar DNK molekulasi tarkibidagi beshinchi nukleotid tushirib qoldirilsa, u oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
5-masala. i-RNK molekulasi tarkibidagi nukleotidlar ketma-ketligi asosida sintezlanadigan oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalar qanday tartibda joylashishini yozing.
a) G U S G A S A A G U S A G S S S A A;
b) G A S G U U G G A A A A G G A S A A;
v) A S A U S A S S S U A S A A S G S A.
6-masala. Oqsil molekulasida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan:
a) valin – glisin – leysin – gistidin;
b) treonin – triptofan – serin – alanin;
v) lizin – metionin – valin – prolin;
g) alanin – leysin – lizin – treonin.
Shu oqsil molekulalarini kodlovchi i-RNK molekulasi nukleotidlarini aniqlang.
7-masala. Genning bir qismi nukleotidlarning quyidagi tartibidan tashkil topgan: T T G T S G S A T G A G G G G T T T
Bu zanjirda 10-nukleotid yoki 11-nukleotid ionlashtiruvchi nur ta’sirida tushib qolgan bo’lsa, kodlanadigan aminokislotalarning tartibi qanday o’zgaradi?
8-masala. Genetik kodlardan foydalangan holda quyidagi tripletlar yordamida qanday aminokislotalar kodlanishini aniqlang:
a) GTA; b) AAG; v) SAA; g) USG; d) AGU; ye) AAA.
9-masala. Oqsil molekulasining boshlanishini kodlovchi DNK molekulasi zanjirida nukleotidlar quyidagicha joylashgan:
A T G G T T G A G G G T T T S. Oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibini aniqlang.