Amaliy mashg’ulot № 26 Mavzu: Miqdoriy belgilarning irsiylanishiga ko’ra genetik tahlillar o’tkazish Ishdan maqsad: Miqdoriy belgilarning irsiylanishiga doir masala yechishni o’rganish.
Ishning mazmuni: Miqdor belgilarning irsiylanishini nazorat qiluvchi genlar polimer genlar deb ataladi, chunki ular rivojlanayotgan bitta belgiga bir xil effektda ta’sir ko’rsatadi. Ular bosh harflar bilan belgilanib, har bir gen allellari indekslar bilan belgilanadi. Masalan, bitta belgining nazorat qilinishida 3 ta allel bo’lmagan genlar ishtirok etayotgan bo’lsa, ularni quyidagicha belgilaymiz: A1, A2, A3. Nafaqat miqdor belgilar, balki morfologik - sifat belgilar ham polimer tipda irsiylanishi mumkin.
1-masala. O’simliklar bo’yining baland yoki past bo’lishi bir necha dominant genlarning polimer ta’siriga bog’liq. Masalan, jo’xori o’simligida o’simlik bo’yining 120 sm atrofida bo’lishi A1A1A2A2 genotipga va 40 sm atrofida bo’lishi a1a1a2a2 genotipga bog’liq. Agar o’simlikning bo’yi genotipdagi dominant genlarning soniga bog’liq bo’lsa, quyidagi genotipli o’simliklarning bo’yi taxminan necha santimetr bo’ladi?
1) A1A1A2a2; 2) A1a1A2a2; 3) A1A1a2a2; 4) A1a1a2a2 2-masala. Uch juft polimer genlar bo’yicha retsessiv gomozigotali o’simliklar 32 sm, shu genlarning dominant gomozigota holatida esa 50 sm bo’yga ega bo’lishadi. Agar retsessiv gomozigotali o’simliklar dominant gomozigotali o’simliklar bilan chatishtirilganda 192 ta o’simlik olingan bo’lsa, ularning qancha qismi 44 sm bo’yga ega bo’lishadi?
3-masala.Faraz qilaylik, suli o’simligida don massasi uch juft allel bo’lmagan genlarga (A1, A2 va A3) bog’liq. Uning bitta gomozigotali navi 4 g, ikkinchisi esa 10 g don bersa, ularni chatishtirilganda olingan F1 va F2 o’simliklarida don massasi qanchadan bo’ladi?