10-masala. Oqsil massasi 20160 Da bo’lsa, uning tarkibida nechta aminokislota qoldig’i bo’ladi?
11-masala. Oqsil tarkibini 400 ta aminokislota tashkil qiladi. DNK zanjirida ikkita nukleotid orasidagi masofa 3,4 Å ga teng ekanligini bilgan holda shu oqsilni sintezlashga javobgar genning uzunligini aniqlang.
12-masala. Glyukagon oqsili (oshqozon osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladigan gormon, bu gormon qonda glyukoza miqdorining oshishiga hamda jigarda glikogenning parchalanishiga ta’sir ko’rsatadi) molekulasining boshlanishida qatnashuvchi aminokislotalarning ketma-ketligi quyidagicha: treonin – serin – asparagin – tirozin – serin – lizin – tirozin… SHu oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibini belgilovchi DNK zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlang.
13-masala. Ribonukleaza oqsili zanjirida aminokislotalarning joylashish tartibi quyidagicha: lizin – glutamin – treonin – alanin – alanin – alanin – lizin… . Bu oqsil sinteziga javobgar gen molekulasida nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
14-masala. O’roqsimon anemiya bilan kasallangan odamda gemoglobinning to’rtinchi polipeptidida aminokislotalarning ketma-ketligi quyidagicha:
valin – gistidin – leysin – treonin – prolin – valin – glutamin kislota – lizin. Kasallikka olib keluvchi gemoglobinning to’rtinchi polipeptidini kodlovchi DNK qismidagi o’zgarishni aniqlang.
15-masala. DNK ning ma’lum bir fragmentining tarkibida A nukleotidlari umumiy yig’indisi G nukleotidlari bilan teng miqdordaligi ma’lum bo’lsa hamda undan sintezlangan oqsilning massasi 14400 Da bo’lsa, DNK dagi T va TS nukleotidlarining yig’indisi nechta bo’ladi?
16-masala. Oqsil molekulasining massasi 7200 Da ga teng bo’lsa, uning nechta aminokislotadan tashkil topganligini, uning sinteziga javobgar bo’lgan iRNKning necha nukleotiddan tashkil topganligini, agar shu sintez jarayonida ishtirok etgan DNK molekulasi tarkibida 40% nukleotidlar timin tutgan bo’lsa, shu DNK bo’lagidagi vodorod bog’lar sonini, DNKning uzunligini A0 da va biosintezda ishtirok etgan tripletlar sonini toping.