Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə29/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Amaliy mashg’ulot № 7
Mavzu: Ajralib ketishning statistik xarakteriga doir masalalar yechish (x2 usuli) orqali fenotipik radikallarni aniqlash. (2soat)

Ishdan maqsad: Ajralish ketishning statistik xarakteriga doir masalalar yechish (X2 usuli).

Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.



Ishning mazmuni: Biologik hodisalarni son jihatdan o’rganish gipotezalar yaratishni, so’ng ular qanchalik to’g’ri ekanligini statistik yo’l bilan tekshirishni taqozo qiladi. Gipotezani tekshiruv uchun tajribada olingan natija bilan nazariy jihatdan kutilgan natija o’zaro taqqoslanadi. Agar tajribada olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan kutilgan natijaga mos bo’lsa, u xolda yaratilgan gipoteza to’g’ri deb topiladi. Mabodo, tajribada olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan kutilgan natijaga mos kelmasa, u holda yaratilgan gipoteza noto’g’ri deb topiladi va undan keyinchalik foydalanilmaydi. Tajribada olingan ma’lumotlar bilan nazariy jihatdan kutilgan natija orasida farq turli darajada namoyon bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda bu farq juda kichik va tasodifiy bo’lsa boshka hollarda u qancha katta va muqarrar bo’ladi. SHu sababdan tajribada olingan va kutilgan ma’lumotlarni statistik baholash kerak, degan masala kelib chiqadi. qayd qilingan masalani yoritishda genetikadan ko’proq x2 usulidan keng foydalaniladi. Bu usulni 1900 yili ingliz matematigi K.Pirson taklif etgan. Mazkur usuldan quydagicha foydalaniladi. Birinchi navbatda jadval chizadi. U ikki bo’limdan ya’ni ma’lumotlar va individlar miqdoridan iborat bo’ladi. Individlar, hosil bo’lgan fenotipik sinflar miqdoriga ko’ra a)dominant belgili; b) retsessiv belgili; v) jami individlarga bo’linadi. Malumotlar bo’limiga tajribada olingan ajralish (R), uning ostiga kutilgan nisbat va nazaray jihatdan kutilgan ajralish (g) yoziladi.
CHunonchi, drozofila meva pashshasining kulrang va qora tanali formallarini chatishtirishdan F2 da 78 ta kulrang, 18 ta qora tanali, jami 96 ta drozofila olindi, deb faraz qilaylik, U holda biz kutilgan nisbat grafasini to’ldirganda 3; 18 raqamyaning ostiga 1 deb yozamiz. Modomiki, barcha drozofilalar F2 da 96 ta bo’lsa, u holda nazariy jihatdan kutilgan ajralish 72 ta 24 bo’ladi. Endi jadvalning yana bir qator pastiga tajribada olingan natija va nazariy jihatdan kutilgan natija orasidagi farq; d=p-q yoziladi. Misolimizda u 78-72=6; 18-24=-b ga teng. d-qiymatining ishoralarini tenglashtirish uchun kvadratga ko’taramiz.d har ikki holda ham 36 bo’lishi tabiiy bir hol. Endi x2 ni aniqlash uchun har bir fenotipik sinf bo’yicha chiqqan d2- ni nazariy jihatdan kutilgan fenotipik ma’lumotga (q) taqsimlaymiz. Keltirilgan misolda dominant belgili, 1,50 retsessiv belgili fenotiplar bo’yicha ma’lumot olinadi.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin