5-masala. G’o’za o’simligida cheklanmagan hosil shoxi (S) cheklangan hosil shoxi (s) ustidan, gulyonbarglarining yuraksimon shakli (Fg) ingichka shakli (fg) ustidan, gultojibarglarining to’q sariq rangi (Y1) och sariq rangi (y1) ustidan to’liq dominantlik qiladi.
Quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda keyingi avlodda olinadigan organizmlarning genotip va fenotipini aniqlang:
1) SS Fg Fg Y1Y1 x ss fg fg y1y1; 2) Ss Fg fg y1y1 x ss fg fg y1y1;
3) Ss Fg fg Y1y1 x ss fg fg y1y1; 4) Ss Fg fg Y1y1 x Ss Fg fg Y1y1.
6-masala. Tovuqlarning gomozigota, oyogida pati bor, oddiy tojli va oq patli formasi, gomozigota, oyogida pati yo’q gulsimon tojli va qora patli xo’rozlar bilan chatishtirilgan. F1 va F2 ning genotipi va fenotipini aniqlang.
7-masala. Sulida poyaning balandligi, kechpisharlik va zang zamburug’iga chidamsizlik poyaning normalligi, ertapisharlik, zang zamburug’iga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir. Baland poyali, kechpishar va zang kasalligiga chidamsiz suli navi bilan poyasining bo’yi normal, ertapishar, zang kasalligiga chidamli navni chatishtirish natijasida olingan urug’ 123 ta o’simlik rivojlangan. F1 duragaylar barcha belgilari dominant bo’lgan ota forma bilan chatishtirish natijasi 472 ta o’simlik olingan: Fb o’simliklar orasida genotipi F1 ga o’xshash o’simliklar qancha bo’lishi mumkin.
8-masala. No’xat donining sariq rangi (A) yashil rangi (a) ustidan, tekisligi (B) burishganligi (b) ustidan, gultojibargining qizil rangi (C) oq rangi (c) ustidan dominanatlik qiladi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida faqat sariq, tekis, qizil hamda sariq, burishgan, qizil duragaylar olish mumkin?
A)AaBbCc x aabbcc B)AABBCc x AaBbCc
C)aabbCC x AabbCC D)AabbCC x aaBbCc
9-masala. Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigota organizmlarning sochi to’lqinsimon bo’ladi. O’ng qo’lni ishlatish va normal eshitish chapaqaylik va karlik ustidan to’liq dominantlik qiladi. Jingalak sochli, o’naqay, normal eshituvchi ayol, to’lqinsimon sochli, chapaqay, normal eshituvchi erkakka turmushga chiqqan.Ularda to’lqinsimon sochli,chapaqay,kar farzand tug’ilgan bo’lsa.ota-onaning genotipini aniqlang?
10-masala. Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlarning qaysi birlarini o’zaro chatishtirish natijasida 1:1:1:1:1:1:1:1 nisbat olish mumkin?
A)AaBbCC x AABbCc B)AaBbcc x aabbCc C)AabbCc x aaBbCc
D)aabbcc x AaBbCC E)AAbbCC x aaBbCc
11-masala. No’xat donining sariq rangi (A) yashil rangi (a) ustidan, tekisligi (B) burishganligi (b) ustidan, gultojibargining qizil rangi (C) oq rangi (c) ustidan dominanatlik qiladi. Quyidagi genotipga ega organizmlarning qaysi birini chatishtirish natijasida 4 ta sariq tekis qizil va 4 ta yashil tekis qizil duragaylar olish mumkin?
A)AaBbCc x aabbcc B)AABBCc x AaBbCC C)aabbCC x AabbCc D)AaBbCC x aaBBCc E)AAbbCC x aaBbCc
12-masala. Odamlarda qoshning sertuk bo’lishi, yuqori qovoqning osilgan bo’lishi, burunning katta bo’lishi dominanat belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk, qovog’i normada, burni katta, genotip bo’yicha gomozigota erkak siyrak qoshli, qovog’i osilgan va burni kichik gomozigotali ayolga uylansa, ularning farzandlari orasida necha % ining qoshi sertuk, qovog’i osilgan va burni katta bo’ladi?