Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə37/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

10-masala. 1) Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan sichqonlarning 82 tasi kulrang, 27 tasi qora va 35 tasi oq junli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan sichqonlarning genotipinit aniqlang.
2) Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, F1 da olingan sichqonlarning 58 tasi kulrang va 19 tasi qora junli bo’lgan. Sichqonlarning genotipini aniqlang.
11-masala. Kulrang sichqonlar qora sichqonlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo’lgan, F2 da esa 3/4 kulrang, 1/4 qora sichqonlar olingan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan sichqonlarning genotipini aniqlang.
12-masala. To’tiqushlarning bir turida patning rangli bo’lishi allel bo’lmagan ikkita dominant genning komplementar ta’siriga bog’liq. Ulardan biri mustaqil holda patning havorang bo’lishini, ikkinchisi esa sariq bo’lishini ta’minlaydi. Genotipda har ikkala dominant genning bo’lishi pat rangining yashil bo’lishini belgilaydi. SHu genlarning retsessiv allellari yig’indisi esa pat rangining oq bo’lishini ta’minlaydi.
1) Yashil to’tiqushlar chatishtirilganda F1 da olingan qushchalarning 55 tasi yashil, 17 tasi havorang, 18 tasi sariq va 6 tasi oq patli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan to’tiqushlarning genotipini aniqlang.
2) Hayvonot bog’ida oq to’tiqushlarni yetishtirishga topshiriq olingan. Ammo fermada mavjud bo’lgan yashil va havorang to’tiqushlar chatishtirilganda keyingi avlodda oq patli to’tiqushlar chiqmagan. Sababini tushuntiring.
13-masala. Patlari yashil rangli to’tiqushlar oq patli to’tiqushlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan qushchalarning 25% i yashil, 25% i havorang, 25% i sariq va 25% i oq patli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan to’tiqushlarning genotipini aniqlang. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.
14-masala. Havorang to’tiqushlar sariq patli to’tiqushlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda havorang va sariq patli to’tiqushlar bilan birga yashil va oq patli to’tiqushlar ham olingan. Buning sababini tushuntiring.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin