7-masala. Ota-ona II qon guruhli geterozigotali bo’lsa, bu nikohdan qaysi qon guruhga ega bo’lgan bolalar tug’iladi?
8-masala. Odamlarda I qon guruhi I0I0 II qon guruh gomozigota holatda IAIA geterozigota holatda IAI0 ,uchunchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB geterozigota holatida IBI0,to’rtinchi qon guruhi IAIB bilan ifodalanadi.Qaysi qon guruhiga ega bo’lgan yigit va qiz nikohidan dunyoga kelgan farzandlarda qon guruhi ota-onasinikidan farq qiladi?
9-masala. Odamlarda I qon guruhi I0I0 II qon guruh gomozigota holatda IAIA geterozigota holatda IAI0 ,uchunchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB geterozigota holatida IBI0,to’rtinchi qon guruhi IAIB bilan ifodalanadi. I qon guruhli va geterozigota II qon guruhga ega bo’lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhga ega bo’lgan farzandlar dunyoga keladi?
10-masala. Odamlarda normal eshitish dominant, karlik retsessiv belgi hisoblanadi. Normal eshituvchi II qon guruhli geterozigotali ota-onadan tug’ilgan farzandlarning necha foizi ota-onaga genotip jihatdan o’xshash bo’ladi?
11-masala. Odamlarda gemofiliya va rang ajrata olmaslik (daltonizm) genlari X-xromosomada retsessiv irsiylanadi.Qon guruhlarni yuzaga chiqaruvchi ABO va polidaktiliya dominant genlari autosomaga birikkan holda irsiylanadi. IV qon guruhli, boshqa genlar bo’yicha geterozigotali ayol I qon guruhli,boshqa belgilari bo’yicha normal bo’lgan gomozigota erkakka turmushga chiqdi. Tug’ilgan farzandlarning necha foizi fenotipik sog’lom va normal barmoqli bo’lgan?
12-masala. Albinizm kasalligi retsessiv autosoma,daltonizm retsessiv jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0I0 II qon guruh gomozigota holatda IAIA geterozigota holatda IAI0, uchunchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB geterozigota holatida IBI0,to’rtinchi qon guruhi IAIB bilan ifodalanadi.I qon guruhli daltonizm va albinizm bo’yicha sog’lom gomozigotali ayol daltonik bo’lmagan va va qolgan ikki belgi bo’yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi.Ushbu oilada tug’ilgan qiz bolalardan necha foizi II qon guruhli hamda daltonizm va albinizm bo’yicha kasal bo’lish ehtimolini toping?
13-masala. Albinizm kasalligi retsessiv autosoma, daltonizm retsessiv jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0I0 II qon guruh gomozigota holatda IAIA geterozigota holatda IAI0 ,uchunchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB geterozigota holatida IBI0, to’rtinchi qon guruhi IAIB bilan ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo’yicha sog’lom gomozigotali ayol daltonik bo’lmagan va va qolgan ikki belgi bo’yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi.Ushbu oilada tug’ilgan farzandlar necha foizining qon guruhi I va II bo’lishi ehtimolini mos ravishda toping?
14-masala. Onasi I qon guruhiga ega, otasi IV qon guruhli hamda ikkalasining ham rang ajratish qobiliyati saqlangan oiladan II qon guruhli daltonik farzand dunyoga keldi. Ota-onaning genotipi qanday? (Daltonizm jinsiy X-xromosomaga bog’langan retsessiv belgi sifatida yuzaga chiqadi).
15-masala. II qon guruhli, qora sochli, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III qon guruhli, malla sochli, 5 barmoqli otadan I qon guruhli, malla sochli, normal barmoqli farzand tug’ildi. (Qora sochlilik,malla sochlilik ustidan, polidaktiliya esa 5 barmoqlilik ustidan dominantlik qiladi). Ota-ona genotipini aniqlang?